Shariy hukmlarning qismlari
Shariy hukmlar quyidagi qismlarga ajratilgan:
1. Farz
Farz qat'iy, ochiq shariy dalil bilan bajarilishi amr etilgan amaldir. Besh vaqt namoz, ro‘za, zakot kabi.
Farzning hukmi
Farzni inkor qilgan kishi kofir bo‘ladi. Ishonib, amal qilmagan kishi fosiq bo‘lib, Alloh taolo
tomonidan belgilangan jazoga loyiq bo‘ladi.
Farz ham ikki qismdir: farzi ayn va farzi kifoya.
a) Farzi ayn mukallaf har bir kishi bajarishi shart bo‘lgan farzdir. Besh vaqt namoz, ro‘za, zakot kabi.
Mukallaf har bir kishi bu amallarni shaxsan o‘zi bajarishi zarur. Bir qism odamlarning farzi aynni
bajarishi boshqalar zimmasidan bu masuliyatni soqit qilmaydi.
b) Farzi kifoya ba’zi musulmonlar bajarishi bilan boshqalar zimmasidan tushadigan farzdir. Masalan,
janoza namozini o‘qish kabi.
Farzi kifoyani hech kim ado etmasa, barcha gunohkor bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |