Hukmi
Qiron haji ifrod va tamattu’ hajlaridan ham fazilatliroqdir.
Qiron hajining shartlari
Qiron hajining yettita sharti bor:
1.
Umra tavofining barchasini yoki aksar qismini ado qilmasdan avval haj ihromiga kirish.
2.
Dastlab umra ihromiga kirgan (kishining) uni buzmasdan haj uchun ihromga kirishi.
3.
Haj uchun Arafotda vuquf qilmasdan avval umra tavofining barchasini yoki aksariyatini qilgan
bo‘lishi.
4.
Umra tavofining barchasini yoki aksariyatini haj mavsumida qilish.
5. Umra va hajni buzishdan saqlanish.
6. Qiron haji qiladigan kishining makkalik bo‘lmasligi. Makkada istiqomat qilayotgan kishi qiron
haji qilmoqchi bo‘lsa, haj mavsumidan avval boshqa joyga kelishi va o‘sha yerdan hajga kelishi lozim.
7. Hajning vaqtini o‘tkazib yubormaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |