Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
110
Boshqa kunlarda Makkada so‘yish afzal. Nazr qilingan tuyani Harami Sharifda so‘yish shart emas.
Payg‘ambaryamizni, sollallohu alayhi va sallam, ziyorat qilish Alloh taoloning inoyati bilan hajni
ado etgan hoji payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, shaharlari Madinai Munavvaraga
borib, muborak qabrlarini iyorat qilishi lozim.
Bu ziyorat eng fazilatli mustahab ibodatlardandir. Ba’zi kitoblarda vojib ham deyilgan. Bu yerni
ziyorat qilish mo‘min uchun sharaf va ulug‘ baxtdir. Bu yerda hojining qalbi Nabaviy nurlarga to‘lib
toshadi. Muhammadiy barakot ning har tarafini qamrab oladi. Ruhi samolarga yuksalib, qalbn
gunohlardan pok bo‘ladi va umrining qolgan nsmnda Payg‘ambarimiz shafoatlaridan fayz oladi.
Rasuulloh sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: Qabrimni ziyorat qilgan kishiga qiyomat kuni
shafoatim ojnb bo‘ladi".
Shuningdek, bu xususda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, yana shunday marhamat
qilganlar: "Vafotimdan so‘ng meni ziyorat qilgan kishi, hayotlik davrimda ziyorat qilgan kishi
kabidir"- Boshqa bir hadisda esa: "Kim Baytullohni haj qilib, meni ziyorat qilmasa, menga jafo qilgan
bo‘ladi". deganlari rivoyat qilinadi.
Payg‘ambarnmizni ziyorat qilish maqsadida yo‘lga chiqqan hoji ko‘p salavot aytmogi lozim.
Madina devorlarini o‘rgach. "Allohumma haza haromu nabiyyika, vaj’alhu viloyatan liy minannar va
amonan minal-azobi va suil hison", deb duo qiladi.
(Ma’nosi: Parvardigorim! Mana shu sening
Rasuling hazrat Muhammadning, solallohu alayhi vasallam, harami, abadiy istirohatgohi, bu yerni
men uchun do‘zax otashidan himoya vositasi qilgin, azob va og‘ir hisob berish ozod bo‘lishimga bir
sabab qilgin).
So‘ngra yuvinib,- xushbo‘ylik sepadi va eng go‘zal, yangi iboslarnni kiyadi. Chunki bu hurmat va
ehtiromga eng loyiq kshddir. So‘ng tavoze’, viqor bilan Madinaga kiradi va shzai muborakni ziyorat
qiladi. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlari bilan qabrlari orasida ikki rakat
namoz o‘qiydi. Chunki u zot, sollallohu alayhi vasallam, "Qabrim va minbarim orasi jannat
bog‘laridan bog‘, minbarim esa hovuzimning ustidadir", deganlar.
So‘ngra bunday sharafga muvaffaq qilgani uchun Alloh taologa shukr sajdasi: qiladi va xohlagan
duosini o‘qiydi. Bundan so‘ng o‘rnidan turib, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam,
qabrlariga yuzlanadi va qabrning bosh tarafida qiblaga qarab, namozga turgandek, qad rostlaydi va:
"Ey Rasululloh, sizga Allohning salomi, marhamati va barakoti bo‘lsin! Assalomu alayka, yo
Rasululloh! Assalomu alayka, yo xayri xalqulloh! Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga iqrorman va
Allohning sherigi yo‘qdir. Siz Uning bandasi, rasuli va amini ekanligingizga iqrorman. Guvohlik
beramanki, siz risolat (Payg‘ambarlik vazifalari)ni batamom yetkazdingiz va omonatni
egalarigatopshirdingiz. Ummatingizga nasihat qilib, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdingiz, kufr va
jaholatni yo‘q qildingiz. Biz tufayli Alloh Sizga boshqa ummatlari tufayli payg‘ambarlarga bergan
mukofotlardan ham ziyoda ajr mukofoglar bersin", deydi.
So‘ngra Allohdan ehtiyojlarini so‘raydi. Chunki bu yer duolar ijobat bo‘ladigan, yaxshi talablar
ravo ko‘riladigan xayrli maqomdir. Hajni ado etib, Payg‘ambarimizpi, sollallohu alayhi va sallam,
ziyorat qilgan kishi qalbi pok, yangi tug‘iltandek barcha gunohlardan forig‘ bo‘lgan holda vataniga
qaytadi. Alloh taolo bizlarni ham Baytullohni haj qilishga va Rasulullohning, sollallohu alayhi va
sallam, ravza va qabrlarini ziyorat qilishga muvaffaq aylasin. Shubhasiz, Alloh mo‘minlarning
duolarini ijobat qilguvchi Zotdir. Omin.
Do'stlaringiz bilan baham: