Musofirlik uzri
Tong otmasdan yo‘lga chiqqan yo‘lovchi (musofir) ro‘za tutmasligi joiz, biroq hamrohlarining
ko‘pchiligi ro‘zador bo‘lsa va ozuqalarini baham ko‘rishsa, ro‘za tutishi fazilatliroq. Hamrohlari ro‘za
tutmasa va uning ro‘zadorligi boshqalarga malol kelsa, ro‘za tutmagani yaxshi.
Vasiyat va qazo (o‘lim)
Bemorlik, musofirlik va shunga o‘xshash sabablar bois ro‘za tutolmagan hamda uzri tugamasdan
o‘lgan kishiga tutolmagan ro‘zalari uchun kafforat berishni vasiyat qilish vojib emas.
Uzrli bo‘lganlari uchun ro‘za tutolmagan, uzrlari tuga-gach, ya’ni bemor tuzalgach va musofir
muqim bo‘lgach, tutolmagan kunlarining qazosini (bir kuniga bir kun), tutadilar.
Qazo ro‘zalarni tanaffussiz tutish shart emas.
Qazo ro‘zasini tutib bo‘lmay, keyingi Ramazon oyiga kelsa, qazoni to‘xtatib, farz ro‘zani tutadi va
qazoni tutg magani uchun fidya bermaydi (qazoni keyin tutib beradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |