5. Karohati tahrimiya
Ochiq bo‘lmagan dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amal. Boshqa kishining savdo-sotig‘iga daxl
qilib, u olmoqchi bo‘lgan molni olish yoki boshqa kishi sovchi qo‘ygan qiz yoki ayolning qo‘lini, u
voz kechmasdan oldin so‘rash kabi.
Hukmi. Buni qilgan odam harom ishni bajargan kabi azobga duchor bo‘ladi. Lekin inkor qilgan kishi
kofir bo‘lmaydi.
6. Karohati tanzihiya
Ochiq bo‘lmagan shariy dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amallar.
Hukmi. Bu amalni bajargan kishiga hech qanday jazo va dashnom berilmaydi. Lekin yaxshi va fazilatli
amallarning aksini qilgan bo‘ladi.
7. Muboh
Qilish yoki qilmaslikda insonlar erkin bo‘lgan amal.
Hukmi. Bajarilgan paytda savob ham, tark etilgan paytda jazo ham berilmaydi.
Nurul Izoh
Do'stlaringiz bilan baham: |