Zakotning farz bo‘lish sababi
Haqiqatda yoki hukman nisobga yetgan mol-mulkka
ega
bo‘lmoq.
Izoh: Bu mulk tijorat yoki boshqa sohada ishlatilsa ko‘payishi mumkin bo‘lgan, ammo egasi
ishlatmay saqlayotgan oltin va kumushga o‘xshash boyliklardir. Bunday boyliklar ko‘payish
qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun, hukman ko‘payuvchi mollar deyiladi.
Zakotning rukni
Faqirni zakot moliga ega qilishdir. Zakot beruvchi kishi zakot niyatida bir faqir yoki yetimning
qornini to‘ydirsa, bu zakot o‘rniga o‘tmaydi. Chunki bu taomni muboh qilishdir, uning ixtiyoriga
berish emas. Shuningdek, zakot niyatida faqirga bir yil uyidan boshpana bersa ham, zakot o‘rniga
o‘tmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |