Tahoratning komil bo‘lishiga doir hukmlar
Qalin soqolning o‘zini yuvish, siyrak soqollarning tagiga, terisiga suv yetkazishi kerak. Soqolning
o‘sib, yuzning doirasidan o‘tgan qismini va labning og‘iz yumilganida ko‘rinmaydigan ichki qismlarini
yuvish shart emas.
Orasiga suv tegmas holda bir-biriga yopishgan barmoqlar orasini ochib yuvish, barmoq uchlarini yopib
qo‘ygan uzun tirnoqlar va yopishib qolgan xamir, asal mumi, yog‘li bo‘yoq kabi narsalar ostiga suv
yetkazish lozim.
Barmoqlardagi tor uzuklar, ayollarning sirg‘alarini tagiga suv yetishi uchun qimirlatib qo‘yish vojib.
Oyoqlarning dori surilgan yoriq, yara joylarini yuvish zararli bo‘lsa, dori ustidan ohista yuvish kifoya.
Tahorat olganidan so‘ng, ustara tekkizilgan joylarni takror yuvish, (bosh kabi mash tortiladigan
joylarni) mash qilish, olingan tirnoq va mo‘ylab o‘rnini yuvish shart emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |