Qolgan kun ro‘zasini tutishi lozim bo‘lgan kishi
1.
Ramazon ro‘zasi ochilgan kishi.
2.
Tongotgach (nahorda), hayz va nifos qoni to‘xtagan ayol.
3.
Tong otgach (nahorda) balog‘atga yetgan bola.
4.
Tong otgach, Islom dinini qabul qilgan (sobiq) kofirlar kunning qolgan qismini yemay-ichmay
o‘tkazishlari kerak.
Ro‘zadorga nima makruh va nima makruh emas
Makruh amallar:
1.
Tatib ko‘rish.
2.
Zarurat bo‘lmasa-da, bir narsa chaynash.
3.
Og‘izga ta’m beradigan hech qanday moddasi bo‘lmagan saqich chaynash.
4.
Jinsiy aloqaga mayl qilishidan amin bo‘lmagan paytida o‘pishish.
5.
Jinsiy yaqinlik qilishdan o‘zlarini tiyib qolishga ishonchlari bo‘lmasa ham, (er-xotinning)
a’zolarini bir-birlariga tekkizishlari.
6.Og‘izni tupukka to‘ldirib yutish.
7. O’tkir nashtardek narsa bilan qon oldirish kabi holdan toydiradigan bir amal qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |