Namozdagi ba’zi xatolar
Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
60
1.
Imom yoki yolg‘iz o‘zi o‘qiyotgan kishi farz namozlarning ilk qa’dasini unutgan holda tark etib,
uchinchi rakatga turayotganida, to‘liq qad rostlamasdan avval, eslasa tashahhudga qaytib o‘tiradi.
2.
Imomga iqtido qilgan kishi esa, nafl namoz o‘qiyotgan kishi kabi, to‘liq qad rostlagan bo‘lsa
ham, tashahhudga qaytadi.
3.
Imom yoki yolg‘iz o‘zi namoz o‘qiyotgan kishi ilk qa’dani tark etib, qiyomga yaqin bo‘laturib,
tashahhudga qaytsa, sahv sajdasi qilishi lozim.
4.
Qa’daga yaqinroq Turgan holatda orqaga qaytsa, sahv sajdasi qilmaydi.
5.
Imom yoki yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi oxirgi qa’dani unutib, ortiqcha rakatga turib ketsayu,
sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tiradi va farz bo‘lgan qa’dani kechiktirgani uchun sahv sajdasi qiladi.
6.
Agar sajda qilgan bo‘lsa, namozi butunlay naflga aylanadi. Bunday hollarda, xohlasa, asr
namozida bo‘lsa ham, ushbu qo‘shimcha beshinchi rakatga yana bir rakat qo‘shadi. Bomdod namozida
esa uchinchi rakatga qo‘shimcha yana bir rakat qo‘shadi.
Ammo sajdai sahv qilmaydi. Ushbu farz namozi qayta o‘qiladi.
7. Oxirgi qa’dani ado etgach (salom bermasdan), o‘rnidan turib ketsa va (qo‘shimcha rakatda sajda
qilmagan bo‘lsa) o‘tiradi va takror tashahhud o‘qimasdan salom beradi va sahv sajdasi qiladi.
10. Qo‘shimcha rakatga sajda qilgach, salom bermasdan turib ketganligini eslasa, qaytib o‘tirmaydi
va yana qo‘shimcha bir rakat qo‘shadi, bu ikki rakat nafl namoz bo‘ladi, so‘ng vojib bo‘lgan salomni
tark qilgani uchun sahv sajdasi qiladi.
11. To‘rt rakatli sunnat (nafl) namoziii o‘qishni niyat qilib, dastlabki ikki rakatida sahv sajdasi
qiladigaya bo‘lsa, so‘nggi ikki rakatni unga qo‘shmay gugatish mustahabdir. Shunga qaramasdan
keyingi ikki rakatni turib o‘qigan taqdirda, sahv sajdasini taqror qilishi kerak.
12. Sahv sajdasi qiladigan imomga salom berayotganida' iqtido qilgan kishining namozi, agar imom
sahv sajdasi| qilsa, sahih bo‘ladi. Aks holda, sahih emas.
13. Zimmasida sahv sajdasi bor bo‘lgan kishi, namozdan chiqish maqsadida salom bergap bo‘lsa
ham, yuzini qibladan o‘girmagai yoki gapirmagan bo‘lsa, sahv sajdasini ado etilish kerak.
14. Agar namoz o‘qiyotgan kishi uch yo to‘rt rakat o‘qiganiga; shubhalanib, salomdan so‘ng,
boshqa ishga mashg‘ul bo‘lmay ikki rakat o‘qiganini anglasa, darhol qolgan qismini ham o‘qib, sahv
sajdasi qiladi.
15.Shuningdek, kishi namozini to‘liq o‘qigani yo to‘la o‘qimagani xususida ruku yoki sajda qila
olarlik miqdoricha o‘ylaiib qolsa-yu, bir qarorga kelguiicha salom bermasdan, kutib tursa, sahv sajdasi
vojib bo‘ladi. Aks holda: sahv sajdasi shart emas.
A Namoz shubha bilan qachon buziladi?
Kishi bir namozni tamomlamasdan avval necha rakat o‘qigani haqida shubha qilsa, hamda bu
shubha ilk marotaba yuz berayotgan bo‘lsa yoki odatiy hol bo‘lmasa, bu namoz buziladi. U namozni
takror o‘qishi lozim. Salom bergach, yuzaga chiqqan shubhaga e’tibor berilmaydi. Bu holda biror
ruknni tark qilganini aniq bilsa, namozini takroran o‘qiydi.
Shubhaning ko‘p bo‘lishi
Bunday holat kishida juda ko‘p sodir bo‘lsa, qalbi ko‘proq moyil bo‘lgan tomonga qarab harakat
qiladi.
Izoh: Agar kishi namozni to‘liq o‘qiganiga qanoat hosil qilsa-yu, salom berganidan so‘ng ishonchli
bir kishi bir rakat kam o‘qiganini aytsa, u holda kishi o‘z shaxsiy qanoatini asos qilib oladi va
boshqaning ogohlantirishiga e’tibor qilmaydi. Ammo bu kamchilik ikki ishonchli kishi tomonidan
xabar berilsa, kishi o‘zining to‘g‘ri o‘qiganiga qanoat hosil qilsa ham, ikki kishining so‘zi bo‘yicha
amal qiladi. Imom bilan jamoat necha rakat o‘qiganlari haqida ixtilof qilib qolsa-yu, imom o‘z shaxsiy
qanoatiga ishonch hosil qilsa, unga ko‘ra, aks holda jamoat nuqtai-nazariga ko‘ra, agar jamoatning
bir qismi imomning qanoatini quvvatlasa, unda ham o‘z qanoatiga ko‘ra amal qiladi.
Agar qalbi bir tomonga moyillik qilmasa, (ikki rakag o‘qidimi, to‘rt rakat o‘qidimi, qat’iy qaror
Nurul Izoh
Do'stlaringiz bilan baham: |