Sahv sajdasining hukmi
Namozda adashib vojibni tark qilgan kishiga ikki sajda, bir tashahhud va salom vojib bo‘ladi. Sahv
sajdasini lozim qilgan sabab takrorlanishi bilan yana takror sahv sajdasi qilinmaydi.
Vojibni bila turib, tark qilish
Bilgan holda vojibni tark qilgan kishi gunohkor bo‘ladi va bu nuqsonni tuzatish uchun sahv sajdasi
kifoya qilmaganidan, namozini takror o‘qishi zarur.
Bilgan holda vojibni tark qilgan kishi sahv sajdasi qilmaydi. Faqat quyidaga uch holat bundan
mustasnodir, ya’ni, bularni bila turib, tark qilgan kishi ham sahv sajdasi qiladi:
1. Ilk qa’dani tark qilish;
2. Bir rakatning ikki sajdasidan birini namoz oxirigacha kechiktirish;
3. Bir ruknni bajarish mikdoricha qasdan xayol surish.
Do'stlaringiz bilan baham: |