672. Darvesh Hasan Shahroshub q. s.
Astrobodda bo‘lur erdi. Mashoyixiing ko‘pining suhbatig‘a yetib erdi. Va xaloyiqdin e’roz qilib,
go‘shae tutub erdi. Va hech kimdin hech nima qabul qilmas erdi. Va «Mushaf» kitobi bila maosh
o‘tkarur erdi, ammo qog‘azu siyohi va o‘zining kitobatig‘a yarar muzddin ortiq nima rioyat jihatidin
bersalar erdi, qabul qilmas erdi.
Bag‘oyat zohidu muttaqiy kishi erdi. Qabri Astrobodda o‘z maskanidadur.
673. Darvesh Muhammad Gozurgohiy q. s.
Ul sipohiy yigit erdi. Oti Maqsud Ali. Ammo nomurod uva darveshvash yigit erdi va darveshlikka
moyil. Oqibat sipohilig‘ni tark qilib, Hazrat Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s. mulozamatig‘a
musharraf bo‘lub, alarning ilkida tavba qilib, alar irshodi bila sulukka mashg‘ul bo‘ldi. Va andoq
mustahsan muomalag‘a muvaffaq bo‘ldiki, oz fursatda Mavlono hazratlarining kibor ashobi ani
musallam tutarlar erdi. Va g‘olibliqqa pisand qilurlar erdi va Mavlononing ham inoyat nazari
muridlaridin anga ko‘prak erdi. Faqr tariqida ko‘p yorug‘luqlar topib, maqosid hosil qilg‘ondin so‘ng
o‘zgalardek olamdin o‘tdi. Hamonoki qabri Gozurgohdadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |