382. Shayx Abulqosim Qushayriy r. t.
Oti Abdulkari b. Havozin Qushayriydur. «Latoif ul-ishrat» tafsirining sohibidur. Va anga harfanda
rasoyil va har ilmda tasonif bor. Abu Ali Daqqoqning murididur va Abu Ali Formadiyning ustodi.
To‘rt yuz oltmish beshda dunyodin o‘tubdur. «Qashf ul-maxjub» sohibi debdurki, ul debdurki, [So‘fiy
zotiljam kabidir: avvali alahsirash, oxiri: jimlik! Agar mustahkam bo‘lsang, jim bo‘lasan]
1
. Va ham ul
debdurki, [tavhid – «Alloh» ismi zohir bo‘lganda rasm va tabiat asarining zavol topishi, tajalliy nurlari
porlaganda, begona narsalarning foniy bo‘lishi, ilohiy haqiqatlar oshkor bo‘lganda maxluqotlarning
arzimasligi, zikri ulug‘ Jabborga yaqinlik mavjud bo‘lganda ag‘yorlarning ko‘rinmasligidir]
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |