378. Amir Aliyi Abu q. t. r.
Ayn ul-quzot ba’zi maktubotida aning bayonidakim, g‘ayb va huzur hech nav’ bila yakson bo‘lmas,
balki ko‘ngul bovujudi qurb ul-qulub qurb ul-abdon taqozosi ham qilur. Debdurki, Mir Ali Abu buzurg
pire erdi. Bir muridi bor erdi, oti Muhammad Shahrobodiy. Bir kun ul muridni bozorga yubordi, bir
nima kelturgali. Ul bozorga bordi, hamono ul nimani olur vajh hozir yo‘q erdi, filhol o‘zin sotti va Pir
tilagan nimani olib yubordi. Chun necha kun bu savdodin o‘tti, ul kishiki, ul muridni sotqun olib erdi,
aning qilg‘an ishiga muttale’ bo‘ldi, ani ozod qildi, to Pir qoshig‘a keldi. Amir Ali anga dedikim, ey
javonmard, necha ming yil bizing jonimiz g‘aybda sening ofarinishing ishqida kuyar erdi, ul bas ermas
erdiki, bu zohir firoqi ham kerak erdi, bir hafta zohir qurbi ham kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |