333. Xoja Ali b. Hasan Kirmoniy q. s.
Kirmon shayxi erdi. Aning mashoyixining mutaaxxirrog‘i erdi. Doruxonasi bor erdi va ishi tartib, va
nizom bila erdi va qalin muridlig‘ va yaxshi muomalalig‘ da’visi bor erdi. Shayx Amu dunyodin
borg‘ondin so‘ngra ul irshod masnadig‘a o‘lturdi. Shayx ul-islom debdurki, Kirmonda Xoja Ali ibn
Hasan bila Xozun Xalil orosida niqor tushti. Xalil Xoja Alig‘a noma yibordikim, sen tongdin
choshtgacha doru va sharbat va guvorish yersenki, taomni tilagancha yeyolg‘aysan va men tongdin
choshtgohgacha kezarmenki, yegali nima topqaymen? So‘fiy senmusen yo men? Mashoyix ta’n urar
erdilar va pisand qilmaslar erdi. Aning qabul tilamakik g‘urur zahri jihatidinki, andadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |