314. Abubakr Iskof r. t.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurkim, ul o‘ttiz yil ro‘za tutti. Naz’ holatida suvni momiq bila
tiladilarki, og‘zig‘a tomizg‘aylar, oni tashladi va ro‘zada dunyodin o‘tdi.
315. Abu Zahhok r.
Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, Abu Zahhok dedikim, bir qatla mening bila shayton orasida
muhoraba bo‘ldi, ani bir qotiq silliy urub mag‘lub qildim. Va mundin muddate o‘tti, bir kun bir yo‘l
borurda, bir uluq suvg‘a yettim. O‘tardin ojiz erdim. Ko‘rdumki, bir za’if qari suvg‘a kirdi, o‘tgali.
Men o‘zumga dedim: bu qaridin xud za’ifroq emassen. Suvg‘akim kirdim, cho‘ma kirishtim. Va ul qari
suv qirog‘ig‘a ayaq qo‘yub chiqti va dedikim, manga silliy urarsen, tavba qilding, yo‘qmu?
Do'stlaringiz bilan baham: |