100. Yusuf b. Husayn Roziy q. s.
Ikkinchi tabaqadindur. Kuniyati Abu Ya’qub. Ray va Jibolning shayxi erdi. Uz zamonida bu toifag‘a
imom va tariqi malomat tavrida erdi. Xalqni o‘zidin mutanaffir qilmoq va elning qabulin o‘zidin
buzmoqda tlohir erdi. Zunnun Misriy shogirdidur va Abu Turob Naxshabiy va Yahyo Ma’oz Roziy
bila suhbat tutubdur va Abu Said Xarroz bila safarda rafiqlik qilibtur va arolarida Junayd bila
mukotabot voqe’dur. Uch yuz uchda yo to‘rtda dunyodin o‘tubdur. Utar chog‘da dedi: Ilohi, xalqni
sanga dalolat qildim jahd bila va o‘zumga qila olgancha, jafo qildim.Saning uchun. Meni bulardin
biriga bag‘ishla.
Utgandin so‘ngra bu toifadin birov oni voqe’da ko‘rub, holin so‘rdi. Dedikim, Haq taolo manga
ayttikim, ul so‘zni yana ayt! Aytqondin so‘ngra ayttikim, sani sanga bag‘ishladim va o‘zi va oning
orosida vosi-ta kelturmadnkim, oning bila bu toifa orasida vasila ra vosita o‘zi-o‘qdir.
Yusuf b. Husaynning so‘zidurkim, [barcha yaxshiliklar uyiing ichkarisida, uning kaliti tavozu’dir.
Barcha yomonliklar ham uy ichkarisida. Uning kaliti, esa, takabburlikdir]
1
.
Bu faqir o‘zum bu naqlni koshifi ulumi rabboniy Mavlono Muhammad Tabodgoniy q. s.dan
eshittimkim, Nishoburda so‘fiy bor ermish. Zohidki, safoyi vaqti onga dast bergay ermish. Bir do‘sti
bor ermish, bozurgon va ul bir safarga mutavajjih ermish. Ammo bir turkiyasi bor ermish, jamilakim,
oni o‘zi bila elta olmas ermish va shaharda dog‘i qo‘yarda hech yerga e’timodi yo‘q ermish. Ul
so‘fiyni mu’tamad deb, oning qoshida amonat topshurub, safarga bormish. Ul so‘fiy oni ko‘rgach,
volih bo‘lib, alqissa safoyi vaqtin barbod bermish. Bu xusronzadaliqdin nodim bo‘lib, tavba qilib,
mashoyix xizmatig‘a borib, o‘z dardin aytib, iturgonining ilojin tilamish. Borcha muttafiq
o‘tmishlarkim, bizing ilgimizdin kelmas. Magar imom Yusuf b. Husayn Roziy bu ishga iloj qilg‘ay. Ul
so‘fiy Yusuf b. Husayn xizmatig‘a Rayg‘a borurdin o‘zga chora topmamish. Rayg‘a borib, imomni har
kimdinki, so‘rmish va so‘ramish, javob bermishlarki, ul kofur va ul zindiq bila ne ishing bor? Alqissa,
bir buzuqda imomni topmishkim, parishon zohir bila sochi, tirnog‘i yitilgan, chopon kiyib, saru po
barahna qibla sari mutavajjix. Qur’on o‘qub, o‘lturub ermish. Muborak nazari so‘fiyg‘a tushgach,
iturgon safoyi vaqti ko‘ngliga yuzlanmish. Yugurub, imomking ayog‘ig‘a tushub, savol qilmishki,
sanga tengri mundoq biyik martaba beribdur. Sen nechuk o‘zungni mundoq jununi besaru polikka
solibsanki, seni tilab ko‘rsalar, Ray ahli kofuru zindiq bila ta’bir qilurlar. Imom javob bermishkim, ul
jihatdin bu oshuftalig‘ni ixtiyor qilibmanki, bozurgon mani yaxshi amin kishi sog‘inib, kanizagin
kelturub, manga amonat topshurmag‘oy. So‘fiy xijil bo‘lib, yuzin yerga qo‘yub, savol qilg‘onidin
istig‘for qilib, Nishoburg‘a yonmish, vallohu a’lam.
Do'stlaringiz bilan baham: |