Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
221
bo‘ldilar va sakkiz yuz o‘ttuz yettida dunyodin o‘ttilar va muborak marqadlari ham andadur va
niyozmandlaridin ba’zi qabrlari ustida gunbaz va ayvon imorat qilibdur, yuzoru va yutabarraku bihi.
714. X.akim Sanoyi G‘aznaviy r. t.
Kuniyati va oti Abdulmajid b. Odamdur va ul Shayx Raziyuddin Ali Lolo otasi bila abnoyi amm
ekandurlar. So‘fiya tariqining shuarosining kubarosidindur va
mashoyix aning nazmlaridin
istishhodg‘a o‘z rasoyilidin kelturubdurlar va «Hadiqat ul-haqiqa» kitobi aning she’rida azvoqu
mavojidig‘a va tavhid arbobi ma’rifati adosida kamolig‘a qat’iy dalildur. Xoja Yusuf Hamadoniy q. s.
muridlaridindur va tavbasining sababi bu ermishki, Sulton Mahmud Sabuktegin qish faslida
G‘azniydin kuffor diyorining ba’zini olurg‘a chiqqan ekandur va Sanoyn aning madhida qasidae
aytqon ekandurki, oning arzig‘a yetkurgo.
Bir gulxan eshigiga yetarki, bir majzub anda bo‘lur
ermishki, oni Loyxo‘r der emishlar, bu jihatdinkn, doim Chog‘ir loyi ichar ermish. Aning unin
eshiturki, soqiysig‘a aytur ermishki, bir ayog‘ to‘la
qilib berki, G‘aznaviy Mahmudg‘inaning
ko‘rlukiga ichay! Soqiy demish bo‘lg‘ayki, Mahmud podshohi islomdur va g‘oziy kishidur. Nechuk
mundoq degaysen? Ul demish bo‘lg‘ayki, noxushnud mardakdurki, har ne aning ilikig‘a tushubdur, ani
zabt qilmay boribdurki, yana mulk olg‘ay, debdur va ayog‘ni ichibdur. Andin so‘ngra debdurki, yana
bir ayog‘ tutki, Sanoyi degan shoirg‘inaning ko‘rlukiga ichay! Soqiysi debdurki, Sanoyi
fozil va
latiftab’ kishi. Nechuk bu nav’ degaysen? Ul debdurki, agar ul latiftab’ bo‘lsa erdi, bir ishga mashg‘ul
bo‘lg‘ay erdiki, aning bir ishiga yarag‘oy erdi! Bir necha gazofni bir qog‘azg‘a bitibdurki, aning hech
ishiga yaramas va bilmaski, ani ne ish uchun yaratibdurlar. Sanoyi ul so‘zni eshitti, holi mutag‘ayyir
bo‘ldi va ul Loyxo‘r tanbihi bila g‘aflat mastliqidin ayildi va qadam yo‘lg‘a qo‘yib, sulukka mashg‘ul
bo‘ldi. Hazrat Mavlono Jaloluddin Rumiy q. s. so‘zlarida mazkurdurki,
Xoja Hakim Sanoyi ul vaqtki,
muhtazar erdi, o‘z-o‘zi bila og‘zida bir nima deydur ermish. Quloq solganlarga ma’lum bo‘lubdurki,
bu baytni o‘qiydur ermishki,
b a y t:
[So‘zida ma’noyu ma’nosida so‘z bo‘lmagan aytganlarimdan qaytdim]
1
.
Azize bu so‘zni eshitib, debdurki, ajabdurkn, so‘z demakdin qaytqon mahalda ham so‘zga mashg‘ul
ermish. Aning ash’oridindur.
Sh ye ‘ r:
[Bu jahon ming-ming odamlar bo‘lsa-da, o‘laksaga o‘xshaydi. Bunisi unisiga changal soladi, unisi
bunisini tumshug‘i bilan cho‘qiydi. Oqibat hammasi o‘tadi, o‘laksa esa hammasidan qoladi]
2
.
Bu qit’a ham aning latoifidindur.
Qit’a:
[Jahon xalqining ko‘pi gumrohu ozi najot topuvchilardir.
Sen shunday yashaginki, o‘lsang najot top,
ammo boshqalar sendan najot topmasin-lar]3.
Bu ruboiy ham aningdur.
Ru bo i y:
[Ey ishq, ruh senga muqaddas manzil, aql-savdolaring ortilgan mahmil. Ma’rifat dunyosining sayyohi
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
222
bu – dil. G‘aming dastidan qo‘l boshdayu, oyog‘ loyda]4.
Va aning «Hadiqa»sidin boshqa hamul vazn bila uch kitobi bor va «Hadiqa»ning itmomig‘a andoqki,
o‘zi nazm qilibdur – besh yuz yigirma besh ermish. Ba’zi o‘zining ham favtin ushbu tarixda debdurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: