557. Mavlono Nizomuddin Kalomiy q. s.
Holining bidoyatida zamon podshohining mulozamatig‘a mashg‘ul erdi va musulmonlarning ishi
kifoyatig‘a murtakib. So‘ngra ul ishlardin etak tortti va faqr suluki tariqin ixtiyor qildi va azim riyozat
boshladi.
O‘ttiz yilg‘a yaqin Dehli shahrining icharigi hisoridin chiqmadi.
Bir aziz andin bir kun iltimos qildikim, bir miqdor chuchukluk g‘izo omoda qilibdurmenki, anga mayl
qilg‘aysen? Ul dedi: o‘ttiz yildurki, nafsni riyozat achig‘lig‘ig‘a o‘gratibmen, holo anga chuchukluk
bersam, yana anga bas kelmasmen! Bu javob bila ul chuchuklukdin ijtinob qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |