www.ziyouz.com
kutubxonasi
156
orangizdin sirmadilar va ko‘tarib osmong‘a elttilar va malakut ajoyibin menga ko‘rguzdilar. Chun
sizlarning fig‘on va faryodingiz chiqti, yana bu yerga tushurdilar.
Debdurki, ul sinda har ikki-uch kun iftor qilur erdi. Makkaga borurda Nishoburda shayx Fariduddin
Attor q. s. suhbatig‘a yetishtilar. Shayx «Asrornoma» kitobin alarg‘a bergan ekandur. Doim o‘zlari bila
asrar ekandurlar. Alar der ermishlarki, men bu jism emasmenki, oshiqlar nazarida manzurman, balki ul
zavqu xushluqmenki, muridlar botinida maning kalomimdin bosh urar. Alloh, Alloh, chun ul damni
topsang va ul zavqni totsang, g‘animat tut va shukr qilki, men uldurmen: Va debdurki, qushki yerdin
yuqori uchqay, agarchi osmong‘a yetmagay, ammo tomdin yiroq bo‘lg‘ay. Hamul nav’ agar kishi
darvesh bo‘lsa, agar darveshlik kamolnga yetmasa, ammo muncha bo‘lg‘ayki, zumrai xalqdin va bozor
ahlidin mumtoz bo‘lg‘ay va dunyoning zahmatlaridin sabukvor bo‘lg‘ayki, [yuki yengillar qutuldilar,
yuki og‘irlar halok bo‘ldilar]
1
. Dunyo ahlidin birov alar xizmatida uzrxohlnq qilur erdiki, xizmatda
muqassirmen. Alar dedilar: i’tizor hojat ermas. Onchaki, o‘zgalar sening kelganingdin
minnatdordurlar. Biz sening kelmagoningdin minnatdordurbiz. Ashobidin birini malul ko‘rdilar va
dedilarki, barcha malolat bu olamg‘a ko‘ngul bog‘lag‘ondindur. Har damki bu jahondin ozod
bo‘lg‘aysen va o‘zungni g‘arib bilgoysen va har rangki, boqsang va har mazaniki totsang, bilsanki,
oning bila qolmog‘ungdur va o‘zga sori borg‘ung va hech malolat yeri qolmag‘ay. Va alar debdurlarki,
ozodmard uldurki, birov ranjin qilg‘ondin ranjida bo‘lmag‘oy. Va javonmard uldurki, ranjida qilurg‘a
mustavjib bo‘lg‘onni ranjida qilmag‘oy. Mavlono Sirojiddin Qunyaviy – ul vaqtning buzurgi er-mish.
Ammo alar bila xush emas ermish. Oning qoshida debdurlarki, alar debdurlarki, men yetmish uch
mazhab bila birdurman. Tiladiki, alarni ranjida qilg‘ay va behurmat etgay. Birovni o‘z yaqinlaridinki,
donishmand erdi va safih erdi yibordiki, jam’ orasida Mavlonodin so‘rg‘ilki, sen mundoq debsen, agar
iqror qilsa, safohat qil va og‘zingdin kelguncha so‘k va ranjida qil. Ul kishi keldi. Savol qildi, alar
dedilarki, aytibmen. Ul kishi muqarrar qilg‘on dastur bila beqoida aytib safohat qila kirishti. Alar
tabassum qilib dedilarki, bular bila ham birmen. Ul kishi bag‘oyat xijil bo‘ldi va qaytti. Shayx
Ruknuddin Alouddavla debdurki, menga aning bu so‘zi bag‘oyat xush kelibdur. Alar xodimdin
so‘rsalar erdiki, uyda hech nima bor-mu? Agar desa erdiki, yo‘qdur, munbasit bo‘lub, shukr qilurlar
erdi va derlar erdiki, bu kun bizning uy payg‘ambar uyiga o‘xshar va agar desa erdiki, matbax
muhayyodur. Munfail bo‘lub der erdiki, bu uydin bu kun Fir’avn uyi isi keladur. Bir kun alar majlisida
Shayx Avhaduddin Kirmoniy so‘zi o‘tadur erdi. Birov dediki, shohidboz edi, ammo pokboz edi. Alar
dedilarki, kosh har ne tilasa qilsa erdi va o‘tsa erdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |