Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
102
Shayx qirq bir yil anda bo‘lg‘ondur. Agar darveshlar orasida biri kecha namoz qilsa, Shayx der erdiki,
ey o‘g‘ul, sen uyuki,
bu qari xar ne qilur, sizing uchun qilurki, aning hech nimaga ehtiyoji yo‘q turur.
Va hargiz ul bir yilda Shayx Abu Saidg‘a demadiki, sen yotqil, yo namoz qilmag‘il! Va anga o‘z
xilvatining o‘trusida uyg‘ina berib erdi. Bir kecha Shayx Abulabbos uyidin chiqdi,
magar fasd qilib
erdi va raginin boshi ochilib erdi. Va Shayx Abu Saidning bu holdin xabari bor erdi, qo‘pti va bot
hujrasidin chiqdi va Shayx qoshig‘a keldi va Shayxning xirqasin yudi va o‘z xirqasin chiqarib Shayxga
tutaberdi va Shayx olib kiydi. Va Shayxning xirqasin namozi qilib, ham-ul oqshom-o‘q
qurutub Shayx
nazariga kelturdi. Shayx xirqani Shayx Abu Saidga-o‘q ishorat qildikim, kiyg‘il! Shayx Abu Said
kiyib, o‘z zoviyasig‘a bordi. Tong ertakim, jamoat qo‘ptilar va hozir bo‘ldilar, Shayxning xirqasin
Shayx Abu Said egnida ko‘rdilar va Shayx
Abu Said xirqasin Shayx egnida, taassub qildilar. Shayx
dedikim, bale, o‘tgan oqshom nisorlar bor erdi va barcha bu Mehnaliq yngitning nasibi bo‘ldi,
muborak bo‘lsun anga! Ustoz Abu Solihki, Shayxning muqrisi erdi, bemor bo‘ldi. Xazrat Shayx
Abubakr Muaddabg‘aki,
farzandlarining adibi erdi, dedikim, davot va qalam keltur va kog‘azki, Abu
Solih uchun bir nima bitayli! Ul hozir qilg‘ach, bu ruboiyni buyurdikim, bitidi.
R u bo i y:
[Hurlar nigorimni ko‘rish uchun saf tortdilar.
Rizvon taajjublanib, qarsak chalib yubordi. U
qoraxol yuzlarga parda tortti. Abdol qo‘rqqanidan
«Qur’on»ga changal urdi]
3
.
Va Abubakr Muaddabg‘a dedikim, eltib, Abu Solihg‘a bog‘ladi. Filhol sihhat topti va hamul kun
chiqdi. Hamul dastur bila bu ruboiyni soyir marazig‘a o‘qurlar va naf’ yetkururlar. Va ba’zi akobir
sharhlar bitibdurlar. Shayxdin so‘rdilarki, tasavvuf nedur? Dediki, [miyangdagi borini chiqarib tashla!
Qo‘lingdagi borini ehson qil!
Boshintga nima kelsa, xotirjam. qarshi ol!]
4
Va ham Shayx debdurki,
[Alloh basdur, qolgani havasdur, tiyilmog‘i shart bo‘lgani – nafs-dur]
5
. Shayx juma kechasi xufton
namozi vaqti to‘rt yuz qirqda Sha’bon oyi dunyodin o‘tti. Va umrlari ming oy erdi. Alarning zikrida
qalam ojizdur, bitilgandin mabsutroq tilagan «Nafahot ul-uns»da ko‘rsun.
Va barcha holatlari
maqomotlaridakim, niyozmandlardin ba’zi bitibdurlar, bordur. Va ul el orasida ko‘pdur – magar andin
bahra vofiy topqaylar.
Do'stlaringiz bilan baham: