162. Ibrohim b. Iso q. s.
Isfahondin erdi va Ma’ruf Karxiy bila suhbat tutub erdi. Ibrohim Xavvos q. s. debdurki, Bag‘dodda
erdim va Dajla qirog‘ida vuzu’ qiladur erdim, birovni ko‘rdumki, suvning ul qirog‘idin ayoq qo‘ydi va
suv yuzida yurub, bu sari kelur erdi. Yuz yerga qo‘yub dedimkim, sening izzat va jaloling haqqikim,
yuz ko‘tarmayin, to bu kinshnn bilmaguncha. Yuzum yerda erdikim, birov kelib, meni ayog‘i bila
tebratti. Boqdim, ersa Ibrohim b. Iso erdi. Dedi: har qachon tilasangki Tengrining avliyosidin birini
tanig‘aysen, shuni o‘qig‘ilkim, [avval ham, oxir ham, zohir ham, botin ham utshg o‘zidur. Ubarcha
narsani bilguvchidir]
1
. Ikki yuz qirq yettida olamdin Isfahonda o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |