591. Shayx Iso Hattor Yamaniy q. t. s.
Imom Yofi’iy debdurki, ul bir kun bir fohishag‘a o‘tti. Va anga dediki, bu kecha xuftondin so‘ngra
sanga kelgumdur. Fohisha xurram bo‘ldi va yasandi. Degan chog‘da keldi va aning uyiga kirb, ikki
rak’at namoz qilib chiqdi va ketti. Ul zaifag‘a hol mutag‘ayyir bo‘ldi va tavba qildi va har nedaki bor
erdi, boridin chiqdi. Va Shayx ani o‘z darveshlaridin biriga nikoh qildi. Va taome buyurdi va dediki,
yog‘ olmang. Sohibi shavkateki, ul xotunning rafiqi erdi, anga bu holni dedilar. Va aning tavbasidin
mutaajjib bo‘ldi va dedki, sur uchun taom pishiribdurlar va yog‘i yo‘qdur. Ul g‘aniy istihzo yuzidin bir
shisha xamr yubordi va dediki, Shayxqa dengki, shod bo‘lduk, bu yog‘ni taomingizga qo‘shung! Shayx
dedi: kech ketturdung. O‘z ilgiga oldi va ul taomg‘a quydi. Va dedi: o‘ltur, nima yegil. Ul kishi chun
o‘lturdi va ul taomdin yeya kirishdi, andoq xo‘b yog‘ erdiki, andin yaxshiroq bo‘la olmag‘ay. Chun
borib, ul holate maxdumig‘a arz qildi, ul dag‘i Shayx xidmatig‘a kelib tavba qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |