180. Abulabbos Nisoyi q. t. r.
Oti Ahmad b. Muhammad Zikriyodur. Asli Nisodindur. Ammo Misrda sokin erdi. Shayx Abbos Faqir
Hiraviy ani Misrda va Shayx Amuni Makkada ko‘rib erdi. Abbos debdurki, doim aning eshigida otlar
va taraddud qilur elning ulog‘lari bo‘lur erdi. Bir kun mani tashqari yubordiki, ulog‘larni asrag‘aymen.
O‘z-o‘zumga dedimkim, yaxshi ish paydo qildim. Xurosondin Misrg‘a keldimkim, elning ulog‘larin
asrag‘aymen. Mening xud anda farog‘atim bor erdi. Hamul soat birov chiqib dediki, shayx seni
tilaydur. Kirgoch dedikim, Hiraviy hanuz go‘rga kirmaydursen, bot bo‘lg‘ayki, to‘rda o‘lturg‘aysen v
eshigingda ulog‘lar bo‘lg‘ay va alarni asramoqqa senga kishi kerak bo‘lg‘ay. Shayx ul-islom dediki,
ish andoq erdiki, ul shayx deb erdi. Doim oning eshigida arz qilur elning ulog‘lari bo‘lur erdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |