177. Abulabbos Suhravardiy q. s.
Oti Ahmaddur. Makkada bo‘lur erdi, vaqt mashoyixi bila, Sirvoniydek va g‘ayruhu bila. Ul debdurki,
azxo iydida Minoda erdim. Jamoate o‘lturub erdilar va Shayx Shirvoniy orada erdi. Qavvol chun bir
bayt o‘qudi, shayx yig‘lab qo‘pti va ketti. Qavm dedilarki, ne voqe’ bo‘ldi. Magar ul samo’g‘a
munkirdur? Shayx Abulhasan Sarakiy hozir erdi. Dediki, Tengriga ahd qildimki, agar ul samo’g‘a
munkir bo‘lsa, men yana samo’ majlisida o‘lturmag‘ayman. Shayx Abulabbos Suhravardin dedikim,
men ham senga muttafiqmen. Tonglasi bu ikki shayx jamoat mashoyixi bila shayx Sirvonin salomig‘a
bordilar va tiladilarki, mazkur bo‘lgan ishtnn tafahhus qilg‘aylar: Shayx Sirvoniy dedikim, men
ro‘zgoriki qum ustiga yotur erdim. Qo‘lumiy boshimga yostar erdim va tosh ozurda qilg‘on nishonlar
yonimda zohir erdi. Samo’ majlisida o‘lturur erdim. Holo, yumshoq farsh ustida o‘lturubmen va siz
aytqon dastur bila kuygan va o‘rtangan, manga samo’ majlisida sizing bila o‘lturmoq halol ermas.
Do'stlaringiz bilan baham: |