B a y t:
[Zohirda begonadek botindan oshno bo‘l,
Bunday go‘zal odat dunyodakam topiladi]
2
.
Ulcha Haq s. t. buyurubdurki, [ularni na tijorat va na oldi-sotdi Alloh zikridan chalg‘itolmaydi]
3
ishorat bu maqomg‘adur. Derlarki, alarga hargiz qul va doduk bo‘lmas ermish. Ulardin bu ma’noda
so‘rubdurlar; Alar debdurlarki, qachon bandalig‘ Xojalig‘ bila rost kelur. Birov alardin so‘rdikim,
sizning silsilangiz na yerga yetar? Alar dedilarki, kishi silsilasi bila hech yerga yetmas va der
ermishlarki, nafslaringizg‘a tuhmat qilingki, har kim Tengri inoyati bila o‘z nafsining yamonlig‘in va
kaydu makrin bilgon bo‘lsa, agarchi anga sahldur, ammo bu yo‘l soliklaridin ko‘p bor ekandurlarki,
birov gunohin o‘zlariga tutub, yukin tortibdurlar va der ermishlarki, [ey iymon keltirganlar, Allohga
iymon keltiring!)
4
ishorat angadurki, har turfat ul-aynda o‘z vujudi naf’yin va ma’budi haqiqiy isbotin
qilg‘ay.
Junayd q. s. debdurki, oltmish yildurki, iymon kelturmakdadurmen va lekin, ul ixtiyor tarki va qusuri
a’mol mushohadasidin o‘zga nima hosil bo‘lmas va der ermishlarki, taalluq mosuvog‘a bu yo‘l
solikig‘a ulug‘ hijobdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |