424.Shayx Ahmad Kufoniy r. t.
Shayx ul-islom debdurki, Ahmad Kufoniy Shayx Amuning xodimi erdi. Va ko‘p mashoyixii ko‘rub
erdi va yaxshi safarlar qilib erdi. Ul manga dediki, biz sendin bildikki, kimlarni ko‘rgan ermishbiz,
ya’ni sen alarni tanigan ermishsen, haqiqat bila.
425.Abulhasan Najjor r. t.
Shayx ul-islom debdurki, ul Quhandizda bir duradgor erdi. Shukuhliq kishi erdi va buzurg. Va el ani
tanimas erdilar. Bir vaqt ani Makkada ko‘rubdurlar, ellik rikvador bila aning muridlaridin. Ul manga
hikoyat qildi. Hiloldinki, Husriyning hodimi, erdiki, Husriy dediki, [quyosh faqat mening ijozatim
bilan chiqadi]. Bu yerda Hazrat Maxdumiy Hazrat Shayx ul-islom holot va haqoyiq va maorifidin ko‘p
ado qilibdurlar «Nafohot ul-uns» da. Tilagan kishi ul kitobni ko‘rsun.
Do'stlaringiz bilan baham: |