389. Shayx Ahmad Najjor Astrobodiy q. s.
Shayx ul-islom dediki, ul Xurosonning mashoyixidindur. Shibliy va Murt’ish bila suhbat tutubdur. Bir
qatla Shibliy aning shoribaynin olib erdi. Ul debdurki, andin so‘ngra hargiz yana olmoqqa ehtiyoj
bo‘lmadi.
390. Shayx Abu Zur’a Roziy q. s.
Oti Ahmad b. Muhammaddur. Shayx ul-islom debdurki, men uch kishi ko‘rubmenki, ani ko‘rubdurlar.
Shibliyning shogirdi ermish. Munbasit kishi ermish. Anga ta’n qilibdurlarki, doyim tiybat qilursen. Ul
debdurki, manga mundin o‘zgaki bir so‘z degaymenki, darveshlar kulgaylar, hech sarmoya yo‘qdur.
Shayx ul-islom debdurki, ani dunyodin o‘tgandin so‘ngra voqe’ada ko‘rubdurlar, holin so‘ribdurlar.
Debdurki, meni ilayiga tiladi va dediki, sensenki zirih kiyding mening dinimg‘a, mening xalqimg‘a?
Dedim, bale1 Dedi: Ne uchun xalqimni manga qo‘ymading va ko‘nglung yuzin manga kelturmading?
Do'stlaringiz bilan baham: |