Alisher Navoiy.
Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
69
[sening haqqinga qasamkn, to seni ko‘rmagunimcha sendan o‘zgaga
muhabbat nazari bilan
boqmasman]
3
.
Uch yuz Gshgnrma birda dunyodin o‘tti. Va.ham ul debdurki,
n a z m:
[Kimki, mahbub narsalarga ko‘ngul qo‘yishdan qaytib, senga bog‘lanmasa
yo unda muhabbat paydo
bo‘lib sochilgan narsalarni bir joyga jamlamasa, go‘yoki aro yo‘lda qolib,
bahra istagan va savob
tilagan kishiga o‘xshaydi]
4
.
Shayx ul-islom dedi, manga bu she’rda
anga hasaddurki, hech kishiga so‘z yeri qo‘ymaydur va
barchaii aytibydur. Va ham ul debdurki, [znndonlarning eng tori nomuvofiq kishilar bilan yashash!]
5
Va
ham ul debdurkim,
b a y t:
[Gap ko‘pu ish oz bo‘lsa – nuqsondir, Ish ko‘nu gap oz bo‘lsa hurmatga loyiqdir]6.
Va
ham ul debdurkn, [bandaning foydasiz ish bilan mashg‘ulligi Allohning undan yuz o‘girgani
alomatidir]7. Va ham ul debdurki, [modomiki, o‘zingdan tamoman foniy bo‘lmasang, muhabbat
hududiga kira olmaysan]
8
.
Do'stlaringiz bilan baham: