194. Bunon b. Abdulloh r. t.
Kuniyati Abulhasandur. Misr mashoyixining buzurglaridindur. Ul debdurki, har so‘fikim, ko‘ngli ro‘zi
g‘amiga bog‘liq bo‘lg‘ay, anga kasb buyurmoq kerak.
195. Shaybon b. Ali q. t. r.
Misr mashoyixining mutaqaddimlaridindur, Mustajob udda’va erdi. Mashoyixdin ko‘p kishi oning
murididur va tariqat ilmida yaxshi so‘zlari bor. Debturlarki, muridlaridin biri andin ruxsat tiladikim,
tajrid tariqida hajga borg‘ay. Ul dediki, avval ko‘nglungni sahvu g‘aflatdin mujarrad qil va havodin
nafsingni va lag‘vdin tilingni, iynak tajarrud hosil »bo‘ldi. Xoh dunyolig‘ing bo‘lsun va xoh bo‘lmasui.
Do'stlaringiz bilan baham: |