Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

m a s n a v i y:
[To qo‘l qimirlar ekan, ilojsiz, soya harakatga keladi. Soya qo‘ldan paydo bo‘ldi, aslida o‘zi yo‘q 
narsa. Borlig‘i o‘zi bilan qoyim bo‘lmagan narsaning borligini e’tirof etish aqldan emas. Hakimlar 
fikricha, Haqdan boshqaning borligi mutlaq borliq emas. Haq bilan qoyim bo‘lgan borliq asli yo‘q 
narsa, lekin nomi bor. Naqqoshning fitnasi o‘z naqshida, o‘rtada bir kishi yo‘q, xotirjam bo‘l! Vujud 
haqiqati haqida o‘zi gapirdi, o‘zi eshitdi, shu sababdan o‘zi ko‘rsatdi, o‘zi ko‘rdi. Allohga qasamki, 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
220
Allohdan boshqa haqiqat mavjud emasligiga ishonish lozim]
3
.
R u bo i y:
[Avhad, yurak eshigin qoqasan, yurak qani? Bir umr yo‘l yurasan, manzil qani? Bu vafosiz, pastkash 
dunyoda ellik ikki chilla o‘tirding, hosil qani?]
4

713. Amir Sayid Qosim Tabriziy q. s.
Avoilda Shayx Sadruddin Ardabiliyg‘a irodatlari bor ekandur. Andin so‘ngra Shayx Sadruddin Ali 
Yamaniy suhbatig‘aki, Shayx Avhaduddin Kirmoniy ashobidindur, yetishibdurlar. Ro‘zgor ahli 
alarning qabul va shikorig‘a ikki fariqdurlar. Hazrat Maxdumiy n. m. n. «Nafahot ul-uns»da alardin 
ko‘p so‘z bitibdurlarki, ul jumladin biri budurki, debdurlarki, azizlardin ba’zi der erdilarki, alar 
Samarqandda erkanda alar bila muloqot qilduq. Maorif asnosida, der erdilarki, Siddiq Akbardin ko‘p 
so‘z rivoyat qilib, riqqat qilurlar erdi va ko‘zlaridin ulug‘ oq qatarot tushar erdi va muridlari der 
erdilarki, alar. holo Abobakriy maqomidadurlar. Hazrat Xoja Ubaydullohdin naql qilibdurlarki, alar 
debdurlarki, Hazrat Mir, Hazrat Xojai buzurgvor Xoja Bahouddin Naqshband q. r. a.ni Abivard 
navohisida ko‘rgan ekandurlar va suhbat tutgan ekandurlar va alarning tariqasig‘a mu’taqid ekandurlar 
va alardin fahm bo‘lur ekandurki, o‘zlarin ul tariqag‘a tutar ekandurlar va ham Xoja Ubaydulloh 
debdurlarki, Mir hazratlari buyurubdurlarki, har yerga yetsam erdi, majzublardin so‘rar erdim va 
o‘zumni alar suhbatig‘a yetkurur erdim. Chun Rumg‘a yettim va ma’hud dastur bila so‘rdum. Dedilar: 
munda majzube bor, oti Mavlono Joniy. Oning qoshig‘aki bordim, oni tonidimki, tahsil avonida 
Tabrizda ko‘rub erdim. Onda holining kayfiyatin so‘rdum. Rum tili bila dediki, har saboh qo‘par 
erdim. Bir kishi erdim, tafriqag‘a tushgan. Birav bu yondin tortar erdi va birov ul yondin. Bir saboh 
qo‘ptum. Bir hole meni bosa oldi. Mag‘lub qildiki, borchadin xalos bo‘ldum. Debdurki, bu so‘zni 
necha qatla alardin eshitdim. Har qachonki, derlar erdi, mutag‘ayyir bo‘lurlar erdi va ko‘zlaridin yosh 
to‘kilur erdi. Ma’lum bo‘lur erdiki, bu so‘zni ul aziz aytqonda alarg‘a ko‘p ta’sir qilg‘ondur va ba’zi 
rasoillarinda kelturub durlarki, yetti yuz oltmish to‘qqizda Hirot shahrida xonaqoh jaddida Mavlono 
Zahiruddin Xilvatiy hazratlarining jivorida sokin erdim. Bir sahar vaqti nogoh Mavlono o‘z xilvatidin 
yig‘lab chiqib, mening xilvatim eshigiga kelib, faryod qildiki, Tangri uchun oyatni ayturki, [biz 
insonga uning jon tomiridan ham yaqinmiz]
1
.
Oltmish yil yugurturlar va hanuz yetmaymen. Fuqaro arbobidin azize hozir erdi, aytti, bu hamul 
Movarounnahr devonasi ishidurki, elning evlariga borur erdi va har iecha nima yesa erdi, chiqqandin 
so‘ngra so‘rsalar erdiki, nima yedingmu? Tashni’ qilur erdiki, yegulik nima qayda erdiki, yegaymen. 
Bir kun bir ulug‘ kishi oni uyiga eltti va mulavvan at’ima ko‘p ilayiga yoydi. Yeyolg‘anchakim yedi. 
Andin so‘ngra mezbon qilich torttiki, barchani yemak kerak. Jon havlidin yana bir miqdorkim yedi. 
O‘zga dedi – o‘ltursang ham o‘lturki, yeyaolmasmen. Chun devona ul holdin xalos topib chiqdi, 
so‘rdilarki, hech nima yedingmu? Dediki, ne’mat xud ko‘p erdi. Ammo qilich qo‘rqunchidin kim nima 
yeya olur erdi? Sakkiz yuz o‘ttizda Hirot jome’ida bir fidoyi zamon podshohig‘a zaxme urdi. Andoq 
ma’lum qildilarki, ul kishining Hazrat Mir langarida muqfal uyi bor. Ko‘tahnazarlar bu tavahhumdinki, 
alarning vuqufi bila bo‘lmish bo‘lg‘ay, alarg‘a shahrdin uzr qo‘ldilar. Va alar Balxqa bordilar va 
xaloyiq g‘avg‘osi ham alar xizmatig‘a bois bor erdi. Alarning haqoyiq va maorifidin holo el orasida 
devonlari bor va yaxshi masnaviy risolalari. va yana rasoyil ham bitibdurlar va tarje’lari devonda bor 
va tarje’ bayti budurki,

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish