Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/372
Sana01.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#721699
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   372
Bog'liq
navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com

 354. Orif Ayyor r. t.
 
Balxda bo‘lur erdi. Sharif Uqayliy ashobidin. Oti Mansurdur. Ul debdurki, derlarki Ali Murtazo r. a. 
Xaybar eshikin qo‘ng‘aribdur. Agar Tengrining yorlig‘i va Mustafo s. a. v.ning mushohadasi va 
Zulfiqor menda bo‘lsa, Qof tog‘in qo‘ng‘armasam, manga tovon bo‘lg‘ay. Shayx ul-islom debdurki
bu–Ali r. a. g‘a nuqs emasdurki, tanuqluqdur, ul mazkur bo‘lg‘ay uch nimaga. 
 355. Abulhusayn Solbih r. t.
 
Ani Shayx ush-shuyux derlar erdi. Sherozda erdi. Buzurg va ro‘zgorining yagonasi erdi. Abbos 
Hiraviyning piridur. Jahon mashoyixi aning xonaqohig‘a kelur erdilar. Shayx Abu Muslim Fasaviy 
ashobidindur. Sherozda xonaqohida o‘ttiz yil fuqaroyu masokin xidmatig‘a mashg‘ul erdi. Va sodiru 
voridqa it’om qildi. Va ulamoyu sulahodin jam’i kasir aning xonaqohida mujovir erdilar. To‘rt yuz 
yetmish uchda dunyodin o‘tti va xonaqohida dafn qildilar. Chun Shayx muhtazar bo‘ldi, xodimi Shayx 
Abdulloh b. Abdurrahmonni yubordi, to aning kafani tartibin qilg‘ay. Ul bozorga borib, ikki kafan olib, 
ikki mayyit tajhizin qildi. Chun keldi, Shayx o‘tib erdi. Shayxni quchti, valloh dedi va jon berdi. Va 
ani Shayxning yonida dafn qildilar. Ul debdurki, muridqa bir mushuk farmonida bo‘lg‘an 
yaxshiroqdurki, o‘z farmonida, nevchunki, g‘ayr bila suhbat Xudoy uchundur va o‘zi bila suhbat nafsu 
havo uchun. 
 356. Shayx Imron Sulsiy r. t.
 
Suls bir kentdir Misr yaqinida. Ul anda bo‘lur erdi. Shayx ul-islom debdurki, Ibrohim a. s. tariyqi bu 
erdikim, mehmonsiz nima yemas erdi. Uyin Abuzzifyon derlar erdi. 
 
Shayx Amu debdurki, Nahovandiy mehmon bo‘lmag‘uncha qozon osmas erdi. Shayx Abbos Faqir 
Hiraviy debdurki, Imron Sulsiy kunduz mehmonsiz nima yemas erdi. Ro‘za tutar erdi. Qachon 
mehmon yetsa, aning bila taom yer erdi. Bir kun mehmon kechqurun yetishti. Chun soyim erdi va 
shom yaqin erdi. Mehmonni so‘zga tutdi. To bila iftor qilg‘ay. Hamonoki, musofir och erdi va taomg‘a 
intizor tortdi. Ul kecha Haq s. t. Imronning tushiga kirib dediki, ey Imron, sening bizning bila bir 
odating bor erdi, yaxshi. Bizning dag‘i saning bila sunnatimiz bor erdi, yaxshi. Sen odatingni badal 
qilding, biz ham sunnatimizni badal qilduq! Uyg‘ondi ranjur va qayg‘uluq. Oz o‘tmadikim, Misr 
Voliysi Suls kentiga bir tarso omil yibordi va ul qattiq zulmlar qildi. Aidoqki, Shayx Imron jalo bo‘lib, 
qochib, Misrga bordi va andin Sherozg‘a keldi. Shayx Abbos Faqir debdurki, Sherozda Shayx 
Abulhasan Solbih xonaqosida erdikim, ul keldi g‘arib hol bila. Taajjub qilib, qo‘pub, ta’zim qilib, 
yonig‘a o‘lturtdi. Hayrat va bexudlug‘i ul martabada erdikim, ko‘zn ichinda arz hasharotidin bir 
ushoqroq jonvor boradur erdi. Shayx dedi: ul nedurki, ko‘zungda boradur? Shayx Imron dedi: 
[ko‘zimda biror narsa bormi?]1. Shayx tilar ediki, ko‘p rioyatlar qilg‘ayki, aning xonaqohig‘a ko‘p 
yitib, xizmatkorlig‘larin ko‘rgon erdiki, shoyad ba’zig‘a talofe bo‘lg‘ay. Shayx Imron turmadi va 
dediki, muotab kishidurmen. Bo‘lmag‘oyki, meni tana’umda ko‘rub, beganmagoy. Boray va bosh o‘z 
mehnatimg‘a qo‘yay, to xud ne kelgay. Shayx Abbos Faqir debdurki, necha kundin so‘ngra oni bir 
buzuqda topdilarki, jon tarkin deb erdi va sichqon bir qulog‘in yeb erdi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish