121. Abu Abdulloh Xoqots So‘fiy q. s.
Bag‘dod so‘fiyasining akobiridin erdi. Shayx Ja’far Xazzo debdurkim, ul sohib karomot erdi va ibn
Qassob Roziydin naql qilibdurkim, debdurkim, Otamning Bag‘dod bozorida bir do‘koni bor erdi. Men
do‘kon eshigida o‘lturub erdim. Nogoh birav o‘tti. Menga gumon bo‘ldikim, Bag‘dodning fuqarosidin
bulg‘oy. Va men hanuz bulug‘ haddig‘a yetmaydur erdim. Xotirim oning sori tortti. Qo‘pub, anga
salom berdim va bir diramim bor erdi, onga tutaberdim. Oldi va manga iltifot qilmay o‘tti. Men oning
so‘nggicha bordim. To Shuniziya masjidig‘a yetdi. Onda fuqarodin uch kishi o‘lturub erdilar. Ul
diramin alarg‘a berdi va o‘zi namozga turdi. Alardin biri ul diramg‘a bozordin borib yemak kelturdi.
Yedilar va ul darvesh namozg‘a mashgul erdi. Chun alar taomdin forig‘ bo‘ldilar. Darvesh alarg‘a
boqib, dedikim, bildingizmukim, mani na ish sizning muvaffaqiyatingnzdin mone’ bo‘ldi? Dedilar,
yo‘q, ey ustod. Dedikim, bir kichik yoshlig‘ ul diramin manga berdi va men emdigacha haq subhonahu
va taolodin tilaydur erdimkim, oni dunyo bandalig‘idin ozod qilg‘ay va ozod qildi. Ibn Qassob
debdurki, men bexost oning ollida o‘lturub dedimkim, rost aytursan, ey ustod. Va ul Shayx xoqon
So‘fiy erdi. Ikki yuz yetmish to‘qquzda dunyodin o‘tubdur.
122. Abu Ubaydulloh Busriy r. t.
Oti Muhammad b. Hassondur, Abu Turob Naxshabiy bila suhbat tutubdur. Ibn ul-Jallo r. t. debdurki,
[olti yuzta shayx bilan uchrashdim, ulardan to‘rttasining o‘xshashini ko‘rmadim]
1
. Zunnun Mnsriy va
Abu Turob Naxshabny va Abu Ubayd Busriy va Abulabbos b. Ato. Debdurlarki, Ramazon oyi
bo‘lg‘ach, Abu Ubayd bir uyga kirar erdi va buyurur erdikim, eshikni savob berkiturlar erdi va bir
to‘shuk qo‘yarlar erdi va har kecha bir tah o‘tmak ul to‘shukdin solurlar erdi. Iyd bo‘lgochkim, eshikni
ocharlar erdi, o‘ttuz o‘tmak uyining go‘shasida erdikim, bir oyda ne taom yeb erdi va ne suv ichib erdi.
Va o‘ttiz kecha-kunduz bir tahorat bila namoz qilib erdi. Ul debdurki, [Ne’matlar Haqdin
yiroqlashishga sabab bo‘ladi. Qimki, Haqqa ne’matlari uchun shukr qilsa, ne’matlarsiz qolganida ham
shukr qiladi. Balo Haqqa yaqinlashishga sabab bo‘ladi. Agar kimniki, balo yomon yo‘lga boshlagan
bo‘lsa, u Haqdan yiroqlashadi)
2
. Bir kun o‘lturub erdi. Bir otlig‘ o‘tub borur erdi. Keynicha bir qul
qo‘ngranib, g‘oshiya egnida, yugurur erdi. Chun anga va ashobig‘a yetishti dedikim, [Allohim, meni
ozod et va uning dastidan xalos qil]
3
. Abu Ubayd ham dedikim, [Allohim, uni do‘zax olovidan va
qullikdan qutqar]
4
. Filhol ul otlig‘ni ot yiqti. Otlig‘ ul qulg‘a boqib dedi: seni ozod qildim. U qul
dedikim: meni sen ozod qilmadingki, bu jamoat ozod qildilar, deb Abu Ubayd va ashobig‘a boq-ti. Va
to umri bor erdi, alardin ayrilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |