697. Bobo Ali Mast Nisoyi q. s.
Jazbasining avvalida Mir Darziy aning sarvaqtig‘a yetar, ko‘rarki, bir go‘sha boshida ayog‘ uzatib
yotibdur. Bir arra chiqarib, aning poshnasig‘a qo‘yub torta kirishur. Andoqki, etin kesib so‘ngakka
yetar, ul ayog‘in tutmas. Mir Darziy derlarki, [«Alayka mast ast»]
1
laqabig‘a jihat muni derlar. Shoh
Abulg‘oziy avval saltanat doiyasida Bobo nazarig‘a yetibdurlar, iltifot nazari topibdurlar va Astrobod
azimatidakim, Sa’dlu Husayn ustiga yurubdurlar, Bobodin ruxsat tilay kelibdurlar. Bobo debdurki,
«boru bor» va umidvorlig‘ bila boribdurlar. Astrobodg‘a yetib, dushanba kuni Zilhijja oyining o‘n
ikkisida urush bo‘lub, a’dog‘a: g‘olib bo‘lubdurlar. Hamul kun Bobo Nisoda takyadin chiqib, Nisoning
eski qo‘rg‘oni yo‘lida turub, har kishi kelsa, tosh otib iztirob qilur ermish kun tushgacha, andin so‘ngra
munbasit bo‘lub, kulub yonib takyaga kiribdur. Ul soat va ul kunni hisob qilibdurlar, podshoh
dushmanig‘a zafar topqan bila muvofiq erkandur. Astrobodda vabo bo‘lub, Xurosong‘a dag‘i
yuzlanibdur. Bir oqshom Bobo takyadin g‘oyib bo‘lubdur. Kechqurunroq paydo bo‘lubdur, bosh va
yuzi zaxmliq, qong‘a bo‘lg‘ong‘on. Debdurki, yog‘iy keladur, urdi, urushtuk, yog‘iy bizni bosdi,
ammo Xushkeldi o‘z g‘animnn bosti. Bu uchurda Nisoda vabo bo‘lubdur va Bobo ul vaboda olamdin
o‘tubdur. Va qabri Nisodadur.
698. Bobo Xushkeldi q. r.
Nisoning kentlaridin birida bo‘lur ermish. Majzub va mag‘lub kishi ermish. Hamul nav’ki, Bobo Ali
Mast debduri, balo bila urushtuk, balo bizni bosti, ammo Xushkeldi o‘z g‘animin bosti. Chun vabo
balosi ul viloyatqa kiribdur, barcha kentlarga yoyilibdur va ko‘p xaloyiq ul zahmat bila boribdurlar,
ammo Bobo Xushkeldi bo‘lur kentda dorimaydur.
699. Sayyid Muhammad Madaniy q. r.
Madinadan bu mulkka kelib qolibdur. Jazbi g‘olib ermish va bazlu ziyofat tariqi zotida mustavliy.
Shoh Abulg‘oziy gohi alar xidmatig‘a musharraf bo‘lur ermishlar. Ul avqotda bir tarafdin bir dushman
Shoh Abulg‘oziy qasdig‘a Nisog‘a mutavajjih ermish. Alar Niso tegrasinki, berk yerdur va suvlari bor,
berkitur xayol qilib Misr otlig‘ mulozimlarig‘a buyurg‘an ermishlarki, chapar va tura uchun eshiklar
yig‘ishturg‘ay. Ul eshiklar yig‘ishtururda Mir eshikig‘a borib, beadabona so‘zlar aytibdur. Va Mirg‘a
g‘azab mustavliy bo‘lub debdurki, men bu harosning ishin yasamasam er bo‘lmag‘ayman. Shoh
Abulg‘oziy bu so‘zni eshitib, Mir xidmatig‘a borib, avval o‘zlarining so‘ngra ul Misrning gunohin
darxost qilibdurlar. Javob beribdurki, sening gunohingni bag‘ishladim, ammo aning gunohini
bag‘ishlamasmen. Navmid chiqib, yana bir mulozimni darxost ta’kidig‘a yiboribdurlar. Mir debdurki,
o‘qiki yoydin chiqdi, ani qaytarsa bo‘lmas. Chun Shoh otlanib azimat qilibdurlar, oz yo‘l bormaydur
ermishlarki, Misr otdin yiqilibdur. Va ul ranjdin qo‘pmaydur va oz kunda ham ul tashvish bila
boribdur. Va ul viloyatda mazkur bo‘lg‘an vabo asru tug‘yon qilibdur. Mirdin duo iltimose qilibdurlar.
Mir debdurki, biz borurbiz va bu baloni o‘zimiz bila elturbiz. Va hamul uchurda Mir bu balo marazi
bila o‘tubdur va ul vabo taskin topib, daf’ bo‘lubdur. Va mazori ul viloyatdadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |