www.ziyouz.com
kutubxonasi
159
chora qilayki, ani o‘zumdin ayira olmon: shoh otdin tushmas, bechora ot ne qilsun? Va ba’zi
debdurlarki, chun Mavlono Shamsuddin Qo‘nyag‘a yetti, Mavlono xidmatlari darsig‘a kirdi. Va
Mavlono bir havz qirog‘ida o‘lturub erdi va tegrasida kitoblar. Ul so‘rdiki, bu ne kitoblardur? Mavlono
dediki, bu qiylu qoldur, sening munung bila ne ishing bor? Mavlono Shamsuddin ilig uzatti va ul
kitoblarni suvga soldi. Mavlono tamom taassuf bila dedi: ey darvesh, ne qilding, alardin ba’zi
otamning favoyidi erdiki, yana topilmas. Mavlono Shamsuddin ilig suvga urub, birin-birin kitoblarni
suvdin chiqardi va suv hech qaysig‘a asar qilmaydur erdi. Va Mavlono xidmatlari ayttilarki, bu ne
sirdur? Ul dediki, muni zavqu hol derlar, muning bila sening ne ishing bor? Andin so‘ngra ul ikki
buzurgvorning suhbatlari tutashti. Bu nav’ naql qilibdurlarki, Mavlono Shamsuddin q. s. shahodat
sharafi bila dunyodin o‘tubdur. Va tarix olti yuz qirq besh ekandur. Va oz fursatda qotillarin birin-birin
Tengri taolo tafzihlar bila olamdin chiqaribdur. Ul jumladin biri Mavlononing farzandi Alouddin
Muhammad ermishki, [Ey Nuh, u sening ahlingdan emas]
7
dog‘ig‘a muntasib ermish. Va ba’zi
debdurlarki, alarning qabri Mavlono Pahlaviy madrasasida Mavlono Badriddinkim, boniy ekandur,
aning yonidadur, vallohu taolo a’lam.
504. Shayx Salohuddin b. Faridun Qunyaviy ma’ruf bi-Zarkub q. s.
Ul bidoyate holida Sayyid Burhonuddin Muhaqqiq Tirmiziyning muridi ermish. Mavlono Jaloluddin
xidmatlari zarkublar hovlisidin o‘tarda, alarning zarbi unidin alarg‘a hol voqe’ bo‘lubdur va samo’g‘a
kiribdurlar. Shayx Salohuddin ilhom bila do‘kondin sakrab chiqibdur va boshin alarning ayog‘ig‘a
qo‘yubdur. Va Mavlono hazratlari aning boshin ko‘tarib, iltifot va navozish qilib, peshindin namozi
digargacha Mavlono hazratlari samo’da ermishlar. Va bu g‘azalni buyurdilarki,
b a y t:
[Bu zargarlik do‘konida shunday bir xazina paydo bo‘ldiki, ajab surat, go‘zal ma’ni, qanday yaxshi,
qanday yaxshi!]
1
.
Shayx Salohuddin buyurdi, to do‘konni yag‘mo qildilar. Va ikki kavndin ozod bo‘ldi. Va Mavlono
xidmatlarida ravona bo‘ldi. Mavlono hazratlarig‘a ham – ul ishqibozlikkim, Shayx Shamsuddin
Tabriziy bila erdi, aning bila bunyod qildilar. Va ikki yilg‘acha aning bila musohabat va muvonasatlari
bor erdi. Bir kun Mavlono hazratidin savol qildilarki, orif kimdur? Dedilarki, orif uldurki, sening
sirringdin so‘z aytqay va sen xomush bo‘lg‘aysen va andoq kishi Salohuddindur. Va chun Sulton
Valad bulug‘ haddig‘a yetti, Mavlono hazratlari Shayx Salohuddinning qizini aning uchui xutba
qildilar va Chalabiy Orif ul qizdin mutavallid bo‘ldi. Va Shayx Salohuddin Qunyada madfundur,
Mavlono Bahouddin Valad q. s. jivorida.
Do'stlaringiz bilan baham: |