www.ziyouz.com
kutubxonasi
150
qoldi. Andin so‘ngra Ka’bag‘a borur erdim, ani o‘zum bila elttim. Chun Madinag‘a yetishtuk, anga
dedimki, agar Hazrat Rasul s. a. v. ummatisen va mening muridimsen, ani qilmoq kerakki, Hazrat
Rasul s. a. v. qilnbdurlar va men qilurmen, yo‘q ersa, qo‘p va ketki, mundin ortiq bizing suhbatimizda
bo‘la olmassen! Ali Do‘stiy hozir erdi, bir luqma aning og‘zig‘a soldi va ul yedi. Bir kun ta’yin
qildimki, uch luqma yegay. To Makkaga yettuk, andin so‘ngra buyurdimki, andoqki soyir darveshlar
nima yerlar, ul dag‘i yegay! Va ul vartadin xalos bo‘ldi.
488. Abulbarakot Taqiyuddin Ali Do‘stiy Simnoniy q. s.
Ul dag‘i Shayx Ruknuddin Alouddavlaning ashobidindur. Bir kun Hazrat Shayx maorif so‘rarda
buyurubdurlarki, modomiki solik tajalliy vaqtida surate idrok qilur, ul tajalliy suvari bo‘lg‘ay va Haq
taoloni ul suratdin munazzah tutmak kerak, ammo ani Haq tajalliysi bilmak kerak, andoqki Muso a. s.
daraxtdin [albatta men Allohmen]1 eshitti. Har kim desaki, daraxt Tengridur, kofir bo‘lg‘ay va har kim
desa, bu so‘zni Tengri demadi, ham kofir bo‘lg‘ay. Bu suvare tajalliini bu nav’ e’tiqod qilmoq kerak.
Va ul kun Taqiyuddin Ali Do‘stiy hozir erdi. Shayx buyurdilarki, bu yil manga Ali Do‘stning voqeasi
bisyor xush keldi. Va darveshlarning e’tiqodi saboti uchun aytay. Haq taolo bu yil anga bir qatla kulliy
mavjudot suratida tajalliy qildi. Va ul Haq taolo tasbihu tanzihin suvar lafzi bila andoqki Haq taolo
aning tiliga joriy qilur erdi, aytur erdi. Haq s. t. o‘zluki bila andin so‘rdikim, meni ko‘rdung? Ul dediki,
Bor Xudoyo, ko‘rmadim! Haq taolo buyurdikim, bularki ko‘rdung, ne edi? Javob berdiki, osoru af’olu
sifoting suvari erdi va sen barcha suratdin munazzahsen. Haq s. t. bu so‘zda anga sano aytti va bu
ma’noni andin pisandida tutti.
489. Amir Sayyid Ali b. Shihob b. Muhammad Hamadoniy q. s.
Ulumi zohiriyu botinida jome’ ermish. Va ahli botin ulumida musannafoti bor: «Asror un-nuqta»
kitobidek va «Asmoulloh» sharhidek va «Fusus ul-hikam» sharhi va «Qasidai xamriyai Foriziya»
sharhidek va bulardin o‘zga ham. Alar Shayx Sharafuddin Mahmud b. Abdulloh Mazdaqoniyning
murididurlar, ammo odobi tariqat kasbi sohibus-sirr, baynal aqtob Taqiyuddin Ali Do‘stiy q. r. qoshida
qilibdurlar. Va chun Shayx Taqiyuddin Ali Do‘stiy dunyodin o‘tubdur, yana ruju’ Shayx Sharafuddin
Mahmudqa qilibdurlar. Va debdurlarki, farmon nedur? Shayx tavajjuh qilib debdurki, farmon
uldurkim, olamning aqsoyu bilodida kezgaysen. Alar uch qatla rub’i maskunni evrulubdurlar. Va ming
to‘rt yuz valiy suhbatig‘a musharraf bo‘lupturlar va to‘rt yuzni bir majlisda topibdurlar va yetti yuz
sakson oltida zulhijja oyining oltisida Kabru Savod viloyatining yaqinida olamdin o‘tupturlar. Va
muborak jismlarin Xuttalong‘a naql qilibdurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |