Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
176
mushohadasidin g‘avg‘o tushti. Va tarso Sayyid xidmatig‘a qichqirib, darxost qildiki, duo qilingki,
quyi tushaolsam, musulmon bo‘lurmen! Sayyid duo qildi va
tarso havodin tushub, Sayyid qoshida
imon qabul qilib, musulmon bo‘ldi. Sayyidning madfani G‘azni darvozasidadur.
550. Hoji Karimuddin Nimgo‘r q. s.
Orif va pursho‘r kishi erdi. Va ani Nimgo‘r aning uchun derlarki, doyim der erdiki,
menda orzu
budurki, mening qabrim soyir el qabridek baland bo‘lmasa, balki hamvor bo‘lsa. Chun dunyodin o‘tti,
qabrini yasadilar, tongla ko‘rdilarki, yarmi buzulubdur va yarimi bor. Yana yasadilar, yana tongla
buzuq toptilar. Har nechaki, yasarlar erdi yana
yarimini buzuq toparlar erdi, to yasamog‘din ilig
torttilar. Va Nimgo‘r laqabi bila mashhur bo‘ldi.
551. Mavlono Hisomuddin G‘olbek q. s.
Din mujohidlaridin va yaqin masoliklaridin erdi. Va Sulton Shamsuddin zamonida Lakhnutiy
hukumati anda erdi, bovujudi sipohiylik. Haqiqat yo‘lida dag‘i riyozat va suluki bor erdi. Debdurlarki,
zohir jihod maydonida yuz ming mushrik qonin to‘kub, jahannamg‘a yibordi va botin jihodida dag‘i
nafsi mushrikin Haq yo‘lig‘a rosix qildi.
552. Mir Buzurg va Mir Xo‘rd Ma’ruf bis-Sodoti Nuhqa q. s.
Bu ikki og‘a-ini sahih un-nasab sodotdin erdilar. Ahvollari mabda’ida Lahovardda basar elturlar erdi.
Bir kecha ul ikavdin har biri uch qatla Hazrat Risolat s. a. v. ni tush ko‘rdilarki, har qatla ul Hazrat
alarg‘a
amr qildiki, bu shahrdin chiqing! Tong erta og‘a-ini voqealari kayfiyatin bir-biriga aytib, amr
bo‘lgan yo‘sun bila Lahovarddin chiqib, Dehlig‘a azimat qildilar. Chun ul shahrg‘a kirdilar, bir
xojasaro alarg‘a yo‘liqib so‘rdiki, siz Lahovarddin kelasiz? Dedilarkim, bale!
Alar dedilarki, sen
qaydin bizing Lahovarddin keladurganimizni bilding? Ul xojasaro dediki, ul kishiki, sizni ul yerdin
chiqarg‘a amr qildi, manga ham ul xabar qildi. Bu so‘zdin so‘ngra ul xojasaro
ikkalasin uyiga olib
bordi va mehmonlik qildi. Chun ul xojasaroning uyidin chiqdilar, bir masjidqa kirib, ibodatg‘a
mashg‘ul bo‘ldilar. Nogoh masjid saqfidin bir hamyon yormoq alar ollig‘a tushdi. Ikkalasi
mashvaratdin so‘ngra ra’yni anga qaror berdilarkim, ul vajhga bir mavze’ sotqun olg‘aylar, to ibodatu
toat qilurda mo yuhtoj uchun kishiga muhtoj bo‘lmag‘aylar. Andoq qildilar
va alarning toatu ibodati
barakatidil ul mutaayyin yer bo‘ldi. Va holo ul yer ikki azizning avlodu atbo’i tasarrufidadur va
mashhur muqarrar yerdur.
Do'stlaringiz bilan baham: