Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
82
Shayx Abu Hafs bila xalo aritqonkim o‘tti, Shayx Abu Abdulloh Xafif Shayx Abu Muhrizg‘a nisbat
beribdur.
311. Abdurrahim Istaxriy q. t.
Kuniyati Abu Amrdur. Va Ruvaym bila suhbat tutubdur va Sahlni ko‘rubdur va tariqi satru ixfo va
shatorat erdi. Shotirona libos kiyar erdi va itlar asrar erdi va ovg‘a borur erdi. Kabutarlari ham bo‘lur
erdi. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurkim, Ruvaym dedikim, bu toifadin ko‘p bila Lug‘om tog‘ida
bo‘lubmen. Andin sobirroq ko‘rmaymen. Ov uchun dashtga yo tog‘ga
borsa erdi, el ko‘zidinkim, yiroq
bo‘ldi, itlarin qo‘yar erdi va tengri zikrig‘a mashg‘ul bo‘lur erdi. Uyida bir o‘y terisi ermishki, ostig‘a
solur ermishkim, o‘yning shoxlarini ham ul teri bila qo‘yg‘on ermishlar. Qish oni uyga sudrab solur
ermish va yoz tashqari sudrab ermish. Ja’far Hazzo aning qoshig‘a bordi. Ahvolin xarob ko‘rdi bir
buzuq uy go‘shasida va anga azim baloyi mutavajjih. Tarahhum qildi va mutag‘ayyir bo‘ldi. Ul
dedikim, menga ne bo‘ldi? Ja’far dediki, seni bu dam o‘lgudek ko‘radurmen za’fdin. Ul qo‘pti
va bir
azim tosh erdi, ko‘tordi. Ko‘torib tomg‘a chiqardi va dedi: Ey qaviy, kelib, bu toshni ko‘tarib, quyi
tushur! Ja’far ojiz bo‘lub, hayrat qildi. Ul dedikim, bu kun o‘n yetti kundurkim,
hech nima
yemaydurmen. Ja’farning hayrati ko‘proq bo‘ldi. Anga otasidan yigirma ming diram meros qoldi.
Ammo el zimmasida erdi va o‘n mingni elga kechti va o‘n mingni oldi. Kecha tong otquncha, ul vajh
oni gohi savdo xayolig‘a gohi ziroat xayolig‘a parishon qilib erdikim, sahar qo‘pub, ul vajhlarni
ovuch-ovuch qo‘shnilar uyiga sochti. Kunduz ul elga xayol bo‘ldikim, go‘yo yormoq yog‘ibdur. Ul
tubrani silkidi, yarim diram qolib erdi. Tushti, ashobig‘a dedikim,
ishorat sizgakim, nonu baqlo bo‘ldi.
El dedilar bu devonani ko‘rung! O‘n ming diramni sochib, yarim diram uchun shodliq qilur. Vaqte
Abodong‘a bordi va yigirma bir kun qoldi. Har ne oqshom anga iftor uchun keltururlar erdi, tongla
mavjud erdi. Xalq oning sheftasi bo‘ldilar.
Sahl Abdulloh qasd qildi, dedi: Senga mehmonman. Ul
dedi: Ne buyurursen? Dedi: so‘kboch pishur. Sahl so‘kboch pishurtti va qozon bila oning ollig‘a
qo‘ydilar. Hamul dam soyil savol qildi. Buyurdikim, oni soyilg‘a berdilar. Uch qatlag‘acha so‘kboch
pishirurlar erdi va ul soyilg‘a berur erdi. To‘rtunchida Sahlning quli yoshurun chiqtikim, soyilg‘a man’
qilg‘ay. Dedikim, qulingni soyil man’idin man’ qil! Sahl man’ qildi. To oy tugandi, ul nima yemay
chiqti va birov quruq o‘tmak suvg‘a to‘g‘rab yeydur erdi. Oning shirkatida iftor qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: