Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/369
Sana21.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#569706
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   369
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

 237. Abubakr Duqqiy q. t. s.
Beshinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Dovud Dimishqiy. Umri yuz yigirmaga tortti. Abu Ali 
Rudboriyning aqronidin. Debdurlar, Ibn Jallo anga nisbat durust qilur. Zaqqoqi Kabiriing shogirdidur. 
Junaydni ko‘rib erdi va Abubakr Misriy bila suhbat tutub erdi. Jahonning mujarradi erdi vaqtining 
kibori mashoyixidin erdi. Uch yuz ellik to‘qqizda dunyodin o‘tti. Shayx ul-islom debdurki, Abu 
Abdulloh Boku dediki, Duqqiyning quli dediki, Duqqiy dediki, [ofiyat tasavvuf bilan bo‘lmas]
1
. Va 
Xusriy debdur, sufiyga ofiyat bila ne ish? Abu Abdulloh Rudboriy daryo qirog‘ida vasvasasi bor erdi. 
Tahorat qilur erdi va yel kelur erdi va ayog‘iligi yorilur erdi va qon kelur erdi. Darmonda bo‘ldi va 
dedi: [Ollohim ofiyat ber!]
2
Un keldiki, [ofiyat ilmda, ya’ni shariatda]
3
. Shayx ul-islom debdurki, 
Abubakr Duqqiy dediki, Nusaybinda Sumay’iyg‘a mehmon bo‘lduk. Vaqt xush erdi va qavvol xush va 
hech yot kishi yo‘q. Hech zavqu hol bo‘lmas erdi. Sumay’iy dediki, ne deysen? Duqqiy dediki, ulcha 
ul deydur, mendin va sendindur muttasil quloqqa kelurkim, men va sen. Tasavvufda men va sen 
qaydadur? Sufiyg‘a birdin o‘zga bo‘lmas. Holo shure paydo bo‘ldi va oshub qo‘pti. Ashob to‘nlarin 
yirtarlar erdi va yiqilurlar erdi, kishi qolmadi yaqosin yirtmagan. 
Duqqi debdurki, [qurbning belgisi Allohdan o‘zga barcha narsadan uzilishdir]
4
. Va ham aning 
so‘zidirki. [Qalb nurlanishi sababli unda Allohu taoloning oyatlari joy olsa, bashariy sifatlar va aqliy 
noqisliklar zoyil bo‘ladi. Ba’zan faqirning Allohga nisbatan adabsizligi haqida so‘rashdi. Duqqiy aytdi: 
bu haqiqiy nlmdan uzoqlashib, zohiriy ilmga o‘ralashish]
5

 238. Abubakr Tamastoniy q. t. s.
Beshinchi tabaqadindur. Forsdin erdi. Shibliy q. s. shogirdi erdi, Ibrohim Dabbog‘ Sheroziyning ham. 
Kibor mashoyixdin erdi. Oyotu karomot iyasi va o‘z holu vaqtida yagona erdi. Shibliy ani buzurg tutar 
erdi va qadru maholin ulug‘ qo‘yar erdi. Fors mashoyixi bila suhbat tutub erdi va alarni azim hurmat 


Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
64
tutarlar erdi. Shukru muhabbat anga g‘olib erdi va buyuk kalom va rumuzi bor erdi. Forsda kishiga 
aning kalomin eshitur quvvat yo‘q erdi. Mashoyix andoq savob ko‘rdilarki, ul Xurosong‘a borg‘ay. 
Nishoburg‘a keldi va anda uch yuz qirqda dunyodin o‘tti. Ul debdurki: [qalb tirikligi nafsni o‘ldirish 
bilandir]
1
. Birav anga dedikim, manga vasiyate qil! Ul dediki, [doimo himmatli bo‘lki, u barcha 
ishlarning kuchi va manbaidir]
2
. Va ham ul debdurki, ulug‘roq ne’mat – chiqmoqdur nafsdin, ne 
uchunki, nafs ulug‘roq hijobdur sening bila Tengri taolo orasida. Va ham ul debdurki, mumkin emas 
chiqmoq va qutulmak nafsdin, o‘z nafsing bilaki, aning bila qutula olg‘aysen va aning suhbati bila. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish