Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com
kutubxonasi
50
Hirot mashoyixining mutaqaddimlaridindur. Vara’da komil va mustajobud da’va erdi va azim saxovati
bor erdi. Imom Ahmad HanbAliing rafiqi erdi. Oning mazhabin Hirotg‘a ul kelturdi va Ibrohim
Sitanbah bila suhbat tutub erdi. Ul debdurki, har kishinikim, mashoyix va avliyo suhbati pokiza
qilmag‘ay, hech pand. bila pokiza bo‘lmag‘an. Ikki yuz qirq birda dunyodin o‘tdi.
183. Husayn b. Mansur Halloj q. s.
Uchunchi tabaqadindur. Kuniyati Abulg‘atys. Forsning Bayzosidindur. Avval Halloj emas erdi. Bir
halloj do‘konida erdikim, oning do‘sti erdi. Oni bir ishga yibordi. Ko‘ngliga o‘ttiki, onyng ro‘zgorin
zoyo’ qildim. Barmog‘i bila ishorat qildi. Momug‘ chigitdin ayrildi. Onga bu jihatdin Halloj ot
qo‘ydilar. Vosit va Iroqda bo‘lur erdi va Junayd va Nuriy bila suhbat tutubdur. Abu Amr Usmon
Makkiyning shogirdydur. Mashoyix oning ishida muxtalifdurlar. Ko‘pragi oni rad qilibdurlar necha
tandin boshqa. Shayx Abulabbos Ato va Shayx Shibliy va Shayx Abu Abdulloh Xafif va Shayx
Abulqosim Nasrobodiy bila Shayx Abulabbos Surayjkim, aning qatlig‘a rizo bermadilar va fatvo
bitmadilarkim va dedilarkim, biz bilmasmizkim, ul ne deydurur va «Kashf ul-mahjub» kitobida barcha
mutaaxxir mashoyix oni qabul qilibdurlar va ba’zi mutaqaddim mashoyixiing hajri dog‘i dinida ta’n
uchun emaskim, muomalot mahjuri asl mahjuri emas. Mutaaxxirlardin Sultoni tariqat Shayx Abusayid
Abulxamr q. s. debdurki, ul ulug‘ holdadur va oning zamonida mashriqdin mag‘ribg‘acha oningdek
yo‘q erdi. Shayx ul-islom q. t. debdurki, men oni begonmasmen. Mashoyix muvofaqatig‘a va shar’u
ilm rioyatig‘a va rad qilmasmen. Siz dog‘i mundoq qiling va oni mavquf qo‘yung va ul kishinikim, oni
qabul qilg‘an, ko‘prak sevarman ondinki, ani rad qilg‘ay. Shayx Abu Abdulloh Xafif ani «imomi
rabboniy» debdur, Shayx ul-islom debdurki, ul imomdur, ammo barcha elga dedi va zuafog‘a haml
qildi va shar’ rioyati qilmady. Ulcha anga voqe bo‘ldi, sabab bu erdi. Oncha da’vo bila bir kecha-
kunduzda ming rak’at namoz qilur erdi. Ul. kechakim, kunduzi maqtul bo‘ldi, besh yuz rak’at namoz
qilib erdi. Shayx ul-islom debdurki, oni ilxom mas’alasida o‘lturdilar va anga javr edi. Va dedilarki,
ulcha ul deydur, pang‘ambarliqdur va andoq emas erdi. Shayx Shibliy debdurlar; ulcha ul dedi, men
ham deyirman. Ammo meni telbalik qutqardi va oni aql giriftor qildi. Ul bir kun Junaydning eshigin
qoqti. Junayd so‘rdiki, kimsan? Dediki, Xaq! Junayd dedi Haq emassen, ammo haq bilasen! qaysi dor
yog‘ochini saning bila bog‘lag‘oylar.
Ustod Abu Amr b. Usmon Makkiy juzve tasiif qylib erdi tavhidda, bu toifaning ilmida. Va so‘z daqiq
erdi va yoshurur erdi. Ul yoshurun olib, oni oshkoro qildi va so‘zning diqqati jihatidin el fahm qilmay
anga munkir bo‘ldilar va mahjur qildilar. Ul Hallojni qarg‘adikim, «ilohi birovni onga guzorlakim, ilik
oyog‘in kesgay va ko‘zin o‘yg‘ay va dorg‘a tortqan». Va barcha anga voqe’ bo‘ldi, ustodi duosi bila.
Do'stlaringiz bilan baham: