Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/369
Sana21.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#569706
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   369
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

 666. Mavlono Muhyi q. t. s.
Imom, Rofi’iy G‘aznaviy q. s. farzandlaridindur. Valodatlari Andxudda erkandur. Kichik yoshida 
bozordin otasi bila o‘tub borurda, Bobo Sungu a. r. ki, zamonning majzublaridin ermish, iligin tutub, 
halvonaz do‘konig‘a tortib, uch tika halvo og‘zig‘a solibdur. O‘z davrida Haq taolo anga go‘yolig‘ 
beribdur. Donim der ermishki, ul halvoning halovati jonim mazoqidin chiqmas. Va ul Samarqandda 
tahsil qilibdur. Va xonaqohi va muridlari bor ermish. Va muassir va’z aytur ermish. Libosi yo kapanak, 
yo po‘stin ermish. Ko‘nglak o‘rnig‘a bir chodiri shab egniga solur ermish. Mashhur mundoqdurki, har 
kun «Kalomulloh»ni bir xatm qilur ermish. Ishi to‘qson yettiga yetib, sakkiz yuz oltmish beshda 
dunyodin o‘tubdur. 
667. Muqriy Mahmud q. s.
Xorazmliqdur, husni savti a’lo darajada erdi. Va bag‘oyat darvesh va pokiza ro‘zgor kishi erdi. 
Mavlono Muhyi a. r. ning muridi erdi. Va o‘zining ham ko‘p muridlari bor erdi. Va Hiriy shahrining 
masjidi Jome’ida yetmish yil azon davdati anga muyassar bo‘ldi. Va yoshi yuz to‘rtga yetti va sakkiz 
yuz saksonda dunyodin o‘tti. Va qabri Mavlono Sa’duddin Qoshg‘ariy q. s. ning hazirasidadur. 
668. Mavlono Vajihuddin r. t.
Hazrat Mavlono Muhammad Tabodgoniy r. t. ning ashobidindur. Tavbasining bidoyati bu erdikim, 
burun tolibi ilm kishi erdi. Vazifasining barotin bir kentga bitib erdilar, ani bitkarurga borurda 
darveshlik dag‘dag‘asi ko‘ngliga tushub, ham andin madrasadag‘i kutubni va hujrani muqfal quyub, 
Mavlono Sirojiddin Olim suhbatig‘a borib, inobat qilib, bir yil alar bila bo‘lubdur. Va andin Makka 
azimati qilibdur. Va Mashhadda Hazrat Mavlonoyi mazkur xidmatig‘a yetibdur. Va alar ani 
asrabdurlar va ko‘p ish buyurub, irshod ijozati beribdurlar. Yoshi yetmish sakkizga yetganda sakkiz 
yuz to‘qson to‘rtda dunyodin o‘tubdurlar. 
669. Mavlono Muhammad Amin r. t.
Bag‘oyat buzurgvor kishi erdilar, donishmand va muttaqiy. Va majolislarida tafsir va hadisdin o‘zga 
so‘z oz o‘tar erdi. Va aksar, Haq s.t. ning lutfu ehsoni va bandalarg‘a rahmu rahmatidin va mujrim 
bandalarning Tengri taolo avfidin umidvorlig‘i bobida oyotu ahodis o‘qurlar erdi. Har necha foriqu 
fojir va noumid kishi alar suhbatig‘a yetsa erdi, umidvor chiqar erdi. Muborak sinlari yuzdin tajovuz 
qildi. Bu ruboiy bu faqir xotirig‘a alarning muborak tilidin qolibdurki, 
ruboiy: 
[Shamol esdiyu jonon zulfining hidini keltirdi, bizning eski xarob ishqimizni yangiladi. Ey shamol, u 
bilan oshnolig‘ing bor, zinhor biror begona atrofida aylanma]
1



Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
211
Shayx Shoh Ziyoratgohiy va ul asrda ko‘prak mashoyix bila suhbat tutub erdilar. Balki mashoyix alar 
suhbatig‘a tabarruk tilar erdilar. Qabrlari Ziyoratgoh dashtidadur. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish