www.ziyouz.com
kutubxonasi
375
Ki, ham lamyazal keldi, ham loyazol.
Chu lavhi vujud uzra tortib qalam,
Iki kavn tarhig‘a urdi raqam.
Burun chekti mundog‘ sipehri rafi’,
Yana yoydi bu nav’ arzi vasi’.
Nekim jilvagar qildi aflok aro,
Ne qildi ayon arsayi xok aro.
Demay yetti obou to‘rt ummahot
Ki, xilqat to‘ni kiydi chun koinot.
Emas erdi maqsud juz odamiy
Ki, haq sirrining bo‘lg‘ay ul mahrami.
Baridin g‘araz garchi inson edi,
Anga dag‘i maqsud irfon edi.
Bu so‘z sidqig‘a dag‘i beta’nu tanz,
Dalolat qilur oyati «kuntu kanz».
Xayolimda andog‘ musavvar bo‘lur
Ki, ul ikki ishdin muyassar bo‘lur.
Biri buki, bir jazba haqdin yetib,
Ko‘ngulni yaqin jomidin mast etib,
Haqiqat sari turktoz aylagay,
Jahon shug‘lidin beniyoz aylagay.
Anga qolmag‘ay ham o‘zidin xabar,
O‘zidin nekim, o‘zlugidin asar.
Bo‘lub raf’ imkoni mavjudlug‘,
Topib haq vujudida nobudlug‘.
Chu haq topti bu nisbatidin aning
Ki, maqsud edi xilqatidin aning.
Musharraf qilib ani o‘z rozidin,
Yana ham o‘z anjomu og‘ozidin.
Buyurdiki, el bo‘lg‘ali bahravar,
Suluku marotibg‘a qilg‘ay guzar.
Yana bir budurkim, gado gar muluk
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |