www.ziyouz.com
kutubxonasi
100
Yaramdin chekarga o‘qin sa’y qilmang
Ki, paykon so‘ngak ichra muhkam bo‘luptur.
Ichimdin nechuk tortqaylar o‘qinkim,
Ko‘ngul qo‘ymasu jon madad ham bo‘luptur.
Ko‘ngulga yoqar kirpikingning xayoli,
Mening zaxmima nish marham bo‘luptur.
G‘uborin tilab yig‘lama har dam, ey ko‘z
Ki, ashkingdin-o‘q yer yuzi nam bo‘luptur!
Bu gulshan aro barg to‘tiylarig‘a
Xazon tifli bas boisi ram bo‘luptur.
Vafo shaxsining farqini charx tiyg‘i
Iki bo‘ldi, vahkim, biri kam bo‘luptur.
Emas g‘am yukidinki, qoshingni ko‘rgach,
Navoiy sujud etkali ham bo‘luptur.
161
Ko‘zung ne balo qora bo‘luptur
Kim, jong‘a qora balo bo‘luptur.
Majmu’i davoni dard qildi
Dardingki, manga davo bo‘luptur.
Ishq ichra aning fidosi yuz jon,
Har jonki, sanga fido bo‘luptur.
Begona bo‘luptur oshnodin,
Begonag‘a oshno bo‘luptur.
To qildi yuzung havosi jonim,
Yuz sari anga havo bo‘luptur.
Boqiy topar ulki, bo‘ldi foniy,
Rahravg‘a baqo fano bo‘luptur.
To tuzdi Navoiy oyati ishq,
Ishq ahli aro navo bo‘luptur.
162
Ko‘k g‘azoli chunki kofur uzra mushkafshon bo‘lur,
Kavkabafshon ko‘zlarimdin ul quyosh pinhon bo‘lur.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |