Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/402
Sana11.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#349121
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   402
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

48

63

 

 



Dam-badam jomi tarab g‘ayr ila ul moh chekib

Men yiroqtin boqibon, qon yutubu oh chekib. 

 

Ne g‘amim it kebi o‘lmakdin, agar eltur esa 



Bo‘ynuma ip solibon ko‘yiga ul moh chekib. 

 

G‘arazim buki, unutturmag‘amen o‘zni anga, 



Ko‘yiga kirmagim afg‘on gahu begoh chekib. 

 

Ko‘ngluma hajr agar dard o‘qi yog‘dursa, ne tong, 



Gar chiqarur esa paykonini dilxoh chekib. 

 

Men adam yo‘lig‘a borman, meni lekin elitur 



Og‘zi shavqida ko‘ngul o‘ziga hamroh chekib. 

 

Mayi asfarki to‘kulmish qo‘yubon yuz ichsam, 



Qahraboni ko‘runguz jilva qilur koh chekib. 

 

Jur’asin bersa Navoiyg‘a erur o‘lgucha bas, 



Bazmi aysh ichra tarab sog‘arin ul shoh chekib. 

64

 

 



Ne maxlasim bor aning ishqidin kanora qilib, 

Ne to‘ymog‘im bor aning husnig‘a nazzora qilib. 

 

O‘charga ishq o‘ti chora qil deding, ey shayx, 



Bo‘lurmu qismatim o‘lg‘an balog‘a chora qilib. 

 

Boshimda tiyg‘i yarasin necha debon so‘rmang, 



Kishi bo‘lurmu boshining tukin shumora qilib. 

 

Ko‘ngulki itti qilib tiyra xonumonimni, 



Qovay agar yana kelsa, yuzini qora qilib. 

 

Ko‘ngulni yara qilib ulki tikti ko‘ksimni, 



Yoqamni tikmak erur ko‘kragimni pora qilib. 

 

Dedimki, maykadadin xonaqah yo‘lin tutayin,  



Netayki, ul sari yo‘l bermas istixora qilib. 

 

Navoiy etti nihon ishqin, ey fig‘on bila ashk,  



Aning bu aybini naylarsiz oshkora qilib. 

65

 



Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 



www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

49

 

Ul oy qasdima tiyg‘i burron chekib,  



Men ollida shukronag‘a jon chekib. 

 

Masihim chu faryodima yetmadi,  



Necha o‘lturay o‘zni afg‘on chekib. 

 

Hamono yomon ko‘zga mayl aylading, 



Alif nil ila yuzga har yon chekib. 

 

Labing no‘shdorusidin ne osig‘, 



Men o‘ldum chu xunobi hijron chekib. 

 

Ketur, soqiyo, davr ayog‘in to‘la 



Ki, jon qolmadi ranji davron chekib. 

 

Agar vasli boqiy kerak, istagil,  



Fano ko‘yiga raxti hirmon chekib. 

 

Navoiy berib jon o‘qi shavqidin,  



Aning zaxmidin yor paykon chekib. 

66

 

 



Chobukum raxsh uza hijron yo‘lida po‘ya qilib,  

Men aning keynicha gohe yugurub, gah yiqilib

 

Yiqilib yona qo‘pub, chunki urub yo‘lg‘a qadam,  



Vahki, yuz nishtari hijron ayog‘img‘a tiqilib. 

 

Tobonim dardu balo xoralaridin o‘yulub,  



Yuragim ranju ano xorlaridin teshilib. 

 

Turfa, ko‘rgilki inon tortmay ul sho‘x dame,  



So‘ngicha buyla qatiqliq bila holimni bilib. 

 

Ishq dardig‘a juza o‘lmak yo‘q emish hech iloj,  



Bosh qo‘yub ollig‘a aningki bu ma’noni bilib. 

 

Istaram o‘zni xarobot ichida loya’qil, 



Hush chun boisi ranj o‘ldi, netarmen oyilib, 

 

Gar Navoiyg‘a yog‘in ashk ediyu ra’d fig‘on,  



Hajr chun koj urubon ko‘zlariga o‘t chaqilib. 

 


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish