43
YuRUShDA OTLARI ZA’FI TA’RIFIDAKIM, MUAMMO IChIDAGI OTDYeK PAYDO
EMAS ERDILAR
Bu yurushda iki ulog‘im bor,
Lek bormen sipohiyliqda yayoq.
Iki shatranj otidek birisi
Ko‘tara olmay o‘z yeridin oyoq.
Chopsa shatranj xonasi xatidin.
Biri rangi qoradurur, biri bo‘z,
Sekrimaklik alarg‘a behad shoq.
Qora yerdur dag‘iyu bo‘z tufroq.
44
UL IMOM BOBIDAKIM, NAMOZ QILMOQDIN MAQSUDI JAMOATDIN O‘ZNI
MUMTOZ QILMOQ ERDI
Turfa ish ko‘rkim, falon har vaqtkim, qilg‘ay namoz,
Anda bir ish, g‘ayri nomashru’, zohir bo‘lmag‘ay.
Gar qiyomu gar qiroat, gar rukuu gar sujud,
Har ne qilg‘ay biri o‘z yerinda sodir bo‘lmag‘ay
Bo‘lmag‘ay hozir jamoatqa vale yolg‘uz dag‘i,
Qilmag‘ay to bir jamoat anda hozir bo‘lmag‘ay.
Bovujudikim, jamoat aylagaylar barcha hazl,
To imomat qilmag‘ay osudaxotir bo‘lmag‘ay.
Do'stlaringiz bilan baham: |