www.ziyouz.com
kutubxonasi
369
Adam xonaqohida xilvatguzin.
Tikib xirqalar egniga ahli roz,
Aning qoptani vuslasidin tiroz.
To‘ni charxu anda o‘zi bir jahon,
Jahonni qilib bir to‘n ichra nihon.
O‘tuk ultangi taxta na’layn anga,
Bo‘lub har qadam o‘rni kavnayn anga.
Falakdin sipohi fano oshurub,
Sipohiyliq ichra o‘zin yoshurub.
Jamol ichra tong boshi nohiddek,
Kamol ichra tush vaqti xurshiddek.
Vafo anga pesha, saxo anga fan,
Vafovu saxo koni Sayyid Hasan.
Zihe ravzadin xulqung ortuq base,
Kelib bog‘i qadringda tubo xase.
Chu sensen bugun olam ahlida fard
Ki, holin de olg‘ay sanga ahli dard.
Mangakim, vidodingg‘a xursandmen,
Kanobingg‘a shogirdu farzandmen.
G‘ame yetti charxi jafopeshadin,
Hamul anjumi xorij andeshadin.
Ki, bo‘lmoq vatan ichra dushvor edi,
Ko‘ngulga jalo daf’i ozor edi.
Safar tushti ollimg‘a beixtiyor,
Qazo amrida elga ne ixtiyor?!
Bilurmen seni ham safardin qazo,
Agar qaytarurg‘a qilib iqtizo.
Qilib avd, mayli vatan aylasang,
Ichib boda azmi chaman aylasang.
O‘z ilgingga jomi mayi nobni
Olib istasang bir-bir ahbobni.
Alarni chu may birla shod aylagung,
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
Do'stlaringiz bilan baham: |