Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
158
Ovuch qoqarmen o‘z ahvolima tahayyurdin,
Ramida ko‘nglum erur bu usul ila raqqos.
Desang, bu yo‘lda o‘lay, nafsni burun o‘ltur
Ki, ishq shar’ida go‘yo bu nav’ keldi qisos.
Rizo yo‘lida Navoiy borur qayon cheksang,
Chu ishq bog‘ladi bo‘ynig‘a rishtayi ixlos.
272
Gulruxum yodi bila ko‘nglum erur gulga haris
Kim, berur Yusuf isi qon aro yuz pora qamis.
Lutf vaqtida ul oy ollida eldur maxsus,
Vahki, bedod qilurda meni aylar taxsis.
Ey ajal, kelmak emish boshima ul umr manga
Rahm qil joning uchun berma zamone tanqis.
Boda ko‘nglumni xalos ayladi davron g‘amidin,
Go‘yiy ul o‘t bila bu qalbg‘a bo‘ldi taxlis.
Ishqim aylar seni qon to‘kkali har dam targ‘ib,
Husnung aylar meni jon bergali har dam tahris.
Band etiptur jadal ahli ishin ashkol andoq
Kim, ne «Miftoh» anga sud qilur, ne «Talxis».
Vasl hirmoni Navoiyg‘a emas hech ajab,
Chunki mahrum bo‘lur har kishikim, bo‘lsa haris.
273
Jon yetib og‘zimg‘a topmon dardi hijrondin xalos,
Jonni hijrondin xalos et yo meni jondin xalos.
Andoq ochti sunbulin gul uzra yelkim, bo‘lmag‘ay
Bir ko‘ngul olamda ul zulfi parishondin xalos.
Dema, nolangdin o‘char har shom eldin uyqukim,
Tunning ul boshida el ermas bu afg‘ondin xalos.
Garchi yer topting ko‘ngulda vahm et ohu ashkdin
Kim, kirib vayrong‘a bo‘lmas kimsa to‘fondin xalos.
Yog‘sa majnun ko‘nglum uzra sho‘xlar dardi ne tong,
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
159
Telba atfol ichra bo‘lmas sangborondin xalos.
Istamas bir-birni sensiz jonu tan, tengri uchun
Kim ani mundin xalos etgil, muni andin xalos.
Hajr uyi ichra qobolmish yor hajridin ko‘ngul,
Vah, qachon bo‘lg‘ay bizing tutqun bu zindondin xalos.
Jom davridin xalos o‘lmoqni zinhor istama,
Eyki, bo‘lmoq istading anduhi davrondin xalos.
Bandi zulfungdin Navoiyni xalos etqil desam,
Derki, bo‘lmas, bo‘lmag‘uncha hukm sultondin, xalos.
274
Boda meni ayladi zuhdu riyodin xalos,
Zuhdu riyo yo‘qki, ming ranju anodin xalos.
O‘zluguma o‘t solib berdi manga ishq dame
Zuhdu vara’din farog‘, dardu balodin xalos.
Jonni xalos ayladi jomi fano zuhddin,
Yo rab, ani aylama jomi fanodin xalos.
Yor ila ag‘yordin bir nafas ayrilmasun,
Kimki tilar bo‘lmag‘ay nozu jafodin xalos.
Ko‘ngluma yog‘durdi o‘q charx firoqing tuni,
Mumkin emas bo‘lmog‘i muncha yarodin xalos.
Husnungga tokim nazar bo‘lg‘usi nazzora gar
Bo‘lmag‘ung aylab jafo ahli vafodnn xalos.
O‘zni Navoiy xalos istamas o‘z yoridin,
Yo rab, ani qilma ul mohliqodin xalos.
275
Ey, sening xanjari hajring yarasi jonima xos,
Har junun toshiki otsang tani uryonima xos.
Shoh qasrida tilang ayshu tarab xoslarin
Kim, erur xayli balo kulbayi vayronima xos.
Uyqu xos o‘ldi mening baxti garon xobimg‘a,
Uyqusizliq nechakim diydayi giryonima xos.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
160
Tortmoq zulmu sitam jonima xos o‘lg‘andek,
Qilmoq ul ikkini haq ayladi jononimda xos.
Ey ajal, hajr tuni jonima qasd aylama ko‘p
Kim, halok etmak erur mehnati hijronima xos.
Xo‘blar nozidin o‘lmish mutanaffir ko‘nglum,
Negakim bo‘ldi bu oyin ko‘ngul olg‘ashsha xos.
Istama bog‘da bulbul unidin ishq asari,
Ey Navoiy, kim erur bu sifat afg‘onima xos.
Do'stlaringiz bilan baham: