Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/402
Sana11.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#349121
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   402
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

156

Charx rangomiz erur, ko‘rma tafovut zinhor  



Ranglarkim, ko‘rguzur ko‘ku yashildin to binafsh. 

 

Ey Navoiy, ul binafshapo‘sh gulning vasfida  



Bo‘lmasun har ne yozarsen kog‘aze illo binafsh. 

268

 

 



Tuzmagay erdi qazo bu jismi vayronimni kosh,  

Chunki tuzdi, solmag‘ay erdi anga jonimni kosh. 

 

Tan uyiga jonni solg‘ach qilmag‘ay erdi muqim,  



Ul uy ichra ko‘ngul otlig‘ zori hayronimni kosh. 

 

Bo‘ldi chun jonu ko‘ngul bori, nazar sham’i bila  



Qilmag‘ay erdi munavvar chashmi giryonimni kosh. 

 

Chun adam sahrosidin keldim vujud ayvonig‘a,  



Buzg‘ay erdi marg saylobi ul ayvonimni kosh. 

 

Chun tuzaldi tan uyi, qovg‘ay edi andin ravon,  



Yo‘q ko‘ngul devonayi rasvoyi nodonimni kosh. 

 

Chun ani ham qovmadi, ko‘r etsa erdi tig‘ ila  



Ko‘z degan qon yosh ila oludadomonimni kosh. 

 

Chun bu dag‘i bo‘lmadi qilmasa erdi jonima,  



Muncha zebovu malihu sho‘x jononimni kosh. 

 

Chun bu yanglig‘ bo‘ldi jonon qo‘ysa erdi marhame,  



Gah-gahe ko‘rgach ko‘ngulda dog‘i hijronimni kosh. 

 

Ishq ichinda chora o‘lmakdin Navoiy dema, haq 



Ro‘ziy etkay la’li jonbaxsh obi hayvonimni kosh. 

269

 

 



Dedim, ul paykonni la’l etkan yurak qoni emish,  

G‘unchang armonida ul xud la’li paykoniy emish. 

 

Pardayi jon ichra tim-tim qon sarosar loladek,  



Furqatingdin toza-toza dog‘i pinhoniy emish. 

 

Lablarin tuzluq takallum birla fahm ettim so‘rub,  



La’ldin xoni jamolining namakdoni emish. 

 

Bir jaza’ solmish maloyik xayli ichra rustaxez,  



Emdikim fahm aylamishlar ko‘nglum afg‘oni emish. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

 

 



www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

157

 

G‘am tuni dedim bulutning pardasidin chiqti oy,  



Zulfdin chiqqan jamoling mehri raxshoni emish. 

 

Davr ayog‘in, soqiyo, qo‘yma yigit joning uchun  



Kim, yigitlik ro‘zgori aysh davroni emish. 

 

Ey Navoiy, chok bo‘lg‘an ko‘nglungga qildim nazar, 



Yor boqiy anda, boqiy o‘zgalar foniy emish. 

270

 

 



Ilgiga moviy katon ul sho‘x nevchun chirmamish,  

Go‘yiyo ko‘p tiyg‘i zulm urmoqtin og‘rib bog‘lamish. 

 

O‘ltururda kosh ul yog‘lig‘ bilan-o‘q bog‘lasa  



Ko‘zlarimnikim, ani ilgiga holo chirmamish. 

 

Ko‘rguzur erdi yadi bayzo urarda tiyg‘i qatl,  



Bog‘lamish chun ilgin, el ko‘zin qorong‘u aylamish. 

 

Anglag‘uncha ko‘ngluma yuz dog‘i anduh o‘rtadi,  



Ulki ko‘rgach panjasin bog‘lig‘, dedim dog‘ o‘rtamish. 

 

Kosh jonim rishtasidin bo‘lsa erdi yog‘lig‘i  



Kim, ul oyning dastbo‘si davlatig‘a uchramish. 

 

Soqiyo, maykim, aning ilgida yog‘lig‘ toridek  



Dardu g‘am xayli buzulg‘an xotirimni qopsamish. 

 

O‘lturur ilgida gar tiyg‘ o‘lsa aning gar harir,  



Hech bilmonkim, Navoiy ne balog‘a uchramish. 

 


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish