www.ziyouz.com
kutubxonasi
206
Havolam qilsa piri dayr but yo mug‘bacha zunnor,
Ne chora, chun qo‘yib masjid, fano dayrig‘a yuz urdum.
Navoiydek yorug‘luq ul zamon topdimki, o‘zlukni
Fano o‘tig‘a o‘rtab, kulni dog‘i ko‘kka sovurdum.
404
Bahori vaslda o‘rtandi rashkdin jonim,
Xayol qilki, ne bo‘lg‘ay xazoni hijronim.
Tanim tugonlariga marham, ey rafiq, ne sud,
Erur ko‘ngulda chu yuz muncha dog‘i pinhonim.
Ne nav’ deyki, buzug‘ ko‘nglum ichra gah-gah kel,
To‘kar chu gardi fano lahza-lahza vayronim.
Jununum emgagidin gar toriqting, ey nosih,
Salomat o‘l senu shahring, menu biyobonim.
Kamoli za’f ko‘rungkim, yetar necha yerda,
Ko‘nguldin og‘zima yetkuncha xayli afg‘onim.
Salomat ahli, tutung dinu ofiyatqa azo
Ki, mastu arbadajo‘ chiqti nomusulmonim.
Qadah quyoshi bila, soqiyo, munavvar qil,
Ki, g‘amdin asru erur tiyra kunji ahzonim.
Zamon elida vafo yo‘q, agarchi jon bersang,
Bas o‘ldi ersa vafosiz, ne ayb, jononim.
Deding, firoqida sabr ayla toki mumkindur,
Navoiyo, dema bu so‘znikim, yo‘q imkonim.
405
Bo‘ldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin tanim,
G‘ussa charxi bu tanimdur, anjumi ul ravzanim.
Aylamish zulfung xayoli ro‘zgorimni qora,
Oh dudidin qorarmaydur maqomu maskanim.
Har taraf ul sho‘x tosh urmish, yarolar qonidin
Kim, quruq jismim uza bo‘lmish teri pirahanim.
Dema, jon bermak fanin o‘rgan, dog‘i vaslimni tep,
Sen visoling fikrin etkilkim, erur ul xud fanim.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
207
Qattiq ahvolimg‘a yig‘laydurg‘an elni dema do‘st,
Do‘stlar o‘lmish, o‘lum holig‘a yetmish dushmanim.
Dayr eshikinda tanim dafn aylasang, ey mug‘bacha,
Boda loyidin gahe topqay imorat madfanim.
Dasht aro so‘r, ey Navoiy, jonu ko‘nglum saydini
Kim, bukun ov azmi qilmish qotili sayd afganim.
406
Shabiston ichra kirgach, sham’larning nurin etting gum,
Kecha yorug‘roq o‘lgach, tiyraroq bo‘lg‘an kebi anjum.
Chu sensen ayni insoniyat, o‘lsang diydadin pinhon,
Qorang‘udur jahon andoqki, ko‘zda bo‘lmasa mardum.
Ne tunkim, xoru xoro ustida ko‘yungda yotqaymen,
Degaymenkim, yonim ostidadur sinjob ila qoqum.
Otang oyu onang xurshid edi erkinki, sen tug‘dung,
Vale husnu latofatda ne ab o‘xshar sanga, ne um.
Agarchi ishq bahri hajr daryosidin a’zamdur,
Va lekin gar kichikroqdur, pur ofatroqdurur Qulzum.
Quyoshdektur to‘la kup og‘zi davridin mayi sofiy
Ki, gar bo‘ldi quyosh avlo bukim, garduncha bo‘lg‘ay xum.
Agar ma’shuqi zebo bo‘lsa, ne barlosu ne lo‘li,
Nafis ar bo‘lsa kolo, mulki ne Bag‘dodu ne Torum.
Xaloyiq kulmagin o‘z holima ko‘rganda yig‘larmen,
Junun ko‘rgilki, chun dardimg‘a yig‘larlar, kelur kulgum.
Navoiy, shahr eli ishg‘olidin gum bo‘ldi maqsudung,
Bulardin istasang maxlas, fano dashtida bo‘lg‘il gum.
407
Charxdin gar hardam ermas bir azog‘a kuymakim,
Nega tikkan soyi chok o‘lmoq keraktur ko‘nglakim.
Sahl erur ko‘nglakki, hijron o‘qiyu g‘am tig‘idin,
Tikmaku chok aylamakka mubtalodur ko‘krakim.
Har zamon ko‘zdin yoshim emgaklagan bir yoshdek,
Mayl etar tufroqqa, vah, o‘lturgusi bu emgakim.
Bejigar bo‘lsam balo tortarg‘a, vah, emdi ne tong,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |