www.ziyouz.com
kutubxonasi
201
Chun jafo tortar kishi bori biravdin tortsa,
Kim vafo qilsa kishiga, bo‘lmasa ul dog‘i g‘am.
Ko‘zi qotil, qoshi ofat, og‘zining nutqi fusun,
Istaram, lekin jahonda yo‘qturur mundoq sanam.
Topmag‘ung dayri fano ahlida yong boshtin baqo,
Qilmag‘uncha bodai vahdat vujudungni adam.
Ey Navoiy, mosivallohdin kesilmak kimsani,
Limaalloh manzilig‘a yetkurur avval qadam.
395
Urarmen ko‘ksuma toshlar, g‘am etkach qasdi jon har dam,
Qoqarmen bu eshiknikim, yetar bir mehmon har dam.
O‘luk topti buzug‘ ichra meni majnunni, go‘yo chug‘z
Navohi ahlin ogah qilg‘ali tortar fig‘on har dam.
Hamono tufrog‘imni la’lgun qilmoqqadur bukim,
Kelur bag‘rim shikofidin labing shavqida qon har dam.
Magar majnun ko‘ngulga har dam aylar ul pariy jilva,
Yo‘q ersa ne uchun o‘zdin borur bu notavon har dam.
Ochar go‘yo sabo ul gul yuzidin har zamon burqa’,
Bukim bir fitna birla qo‘zg‘alur ahli zamon har dam.
Sovug‘ ohim burudat soldi olam ichra, qish ermas,
Bulut yo‘q — dudi ohimdin ko‘runmas osmon har dam.
Kerak har dam qadahkim, may suyi har lahza qaytargay,
Bukim, davron jafosidin yetar og‘zimga jon har dam.
Bu manzildin manga yo‘l azmig‘a boisdurur bukim,
Yetar bir korvon har dam, o‘tar bir korvon har dam.
Damo-dam javr ila buzdung Navoiy ko‘nglin andoqkim,
Buzulg‘ay mulki, bir zulm etsa shohi komron har dam.
396
Ulki ko‘si unidin shomu sahar afg‘onim,
Anga yetmasmen, anga yetmak emas imkonim.
Chatri ustidagi qush anglaki, ko‘nglum qushidur,
Ko‘nglum o‘lmoq ne ajab, andaki bo‘lg‘ay jonim,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
202
Qulog‘i la’li hamonoki dur ermish, chu meni,
Begunoh ayladi qatl, ani tutubdur qonim.
Mehriga rishtai jon bog‘ladimu ko‘z qorasin
Surtsam erdi anga, qolmas edi armonim.
Bu sifatlar bila mavsuf kim erkin desalar,
Bo‘la olmas kishi olamda magar sultonim.
Faqr ko‘yida gadolig‘ chu erur sultonlig‘,
Saltanat moyilidur xotiri besomonim.
Menu mug‘ dayri aro mug‘bachalar ishqiki bor,
Ul gadolig‘da jahon shahlarig‘a farmonim.
Piri dayr aylasa bir jomi may ehson, qilg‘ay
Mast olam elini jomi mayi ehsonim.
Ne uray lof Navoiy kebi chun o‘lsa iti,
Itlari xayli aro itcha dog‘i yo‘q sonim.
397
Ayladim azmi safar, bo‘lg‘ay debon ishq o‘ti kam,
Ul xud afzun bo‘ldi har manzil demaykim, har qadam.
Qaysi manzilni qadam har damki, urdum yo‘l aro,
G‘am sipohi xayli ko‘rguzdi ul o‘tdin bir alam.
Sayrkim, derlar kam aylar ishqni ko‘r, ey rafiq
Kim, jahon ovorasi bo‘ldum, g‘alat chiqti bu ham.
Hajr vodiysig‘a qilmang azm oshiqlarki, bor,
Har xasi bir tig‘i mehnat, har toshi bir ko‘hi g‘am.
Ko‘yining devori ustimga yiqilsa yaxshiroq,
Andin ayru jilvagohim bo‘lg‘ucha avji haram.
Ishq ila toptim adam sahrosidin mulki vujud,
Oshiq o‘ldum, dard qilg‘uncha vujudumni adam.
Ko‘p xirad xattin Navoiy sari chekma, ey rafiq
Kim, anga kilki qazo oshiqlig‘ aylabtur raqam.
398
Tutqaln shirin labing shoxi shakardur barmog‘im,
Baski, so‘rmoqdin ani ayrilg‘udektur tirnog‘im.
Istaram ko‘r aylagay nazzora ahlin rashkdin,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |