www.ziyouz.com
kutubxonasi
63
Chu raxshin surdi ul yon bemadoro,
Qiyomat ko‘rdi bo‘lg‘on oshkoro.
Tushub bir olam elga bul-ajab jo‘sh.
Bo‘lub borig‘a xobu xo‘r faromush.
Chekib gardung‘a to‘rt andoq bino bosh
Ki, gardun deb anga har lahza: shobosh!
Falak toqig‘acha bog‘lab havoza,
Zuhal yanglig‘ chiqib ustiga roza
5
.
Qo‘yorg‘a har bino oli ravoqi,
Bo‘lub qolir hamono charx toqi.
Ishida mahv oningdek har bir ustod
Ki, ishdin o‘zga bori ishdin ozod.
Ko‘rub shahzoda andoq turfa ahvol,
Tahayyur barmog‘in tishlab – qolib lol.
Qayu bir reshakim andesha aylab,
Qolib hayronu tahsin resha aylab.
Kezar erdi boqib har reshavarni
Ki, ko‘rdi necha chobuk teshavarni.
O‘kub har sori qulla-qulla xoro,
Qilibon pora-pora bemadoro.
Itik teshalarig‘a har qaro tog‘.
Richoq ollinda andoqkim, sarig‘ yog‘.
Birining mumdek ilgida xora,
Qilib suv g‘ulbig‘a sher oshkora.
Biri yumshog‘ yig‘ochdek xorarardoz.
Sutung‘a rilroya aylabon soz.
Apoda naqshbandi hiylasozi,
Muhandis shevai raykartirozi
Temurdin xomasi har yon ravona,
Qilib tosh uzra tufroqdek nishona.
Chekib yuz nav’ raykar xomasidin
Ki, Moniy lol o‘lub hangomasidin.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |